 O‘zbekiston Markaziy banki 2019 yilning 11 noyabrdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Yangi qiymatga ko‘ra, AQSh dollari kursi o‘tgan haftadagi kursga nisbatan + 23,50 so‘mga oshib, 9 490,77 so‘mni tashkil etdi.
|
 2021 yil uchun «Grin kard» lotereya dasturi 2019 yil 2 oktyabr kuni boshlanib, 5 noyabr kuni tugaydi. Bu haqda AQSh davlat departamenti saytida xabarnoma chiqdi.
|
 Бугун, 11 февраль куни соат 5:40 да Самарқанд вилояти Пастдарғом туманидаги «Чархин» МФЙда жойлашган хусусий уйда газ-ҳаво аралашмаси оқибатида чақнаш содир бўлди.
|
 Болалигимизда бир топишмоқ бўларди, бир-биримизга айтиб юрардик: «қўй»ни «йўқ» қилишни биласанми? Топишмоқни билмайдиганлар ҳар хил жавоб берарди — яшириш керак, сўйиб ейиш керак, ҳайдаб бирор жойга қамаб қўйиш керак...
|
 «Миллий тикланиш» газетаси сайтида «Кўр-кўрона сериал фанатизми: у биз ва фарзандларимизни қай томон етакламоқда?» номли мақола эълон қилинди. Мақолада юртимиз телеканалларида намойиш этилаётган бир қатор сериаллар халқимиз маънавиятига салбий таъсир кўрсатаётгани танқид остига олинган.
|
 So‘nggi paytlarda portalimizga uzluksiz kelayotgan xabarlarga va ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga qaraganda, Andijon viloyatidagi metan gaz quyish shoxobchalarida bu yoqilg‘i tanqisligi muntazam kuzatilmoqda.
|
 Janubiy Koreyada o‘zbek mehnat muhojirlarining faoliyatini tartibga solish, ish kvotasi uchun belgilangan imtihonlarni sifatli va shaffof o‘tkazish maqsadida Toshkent shahridagi Kompleks test markazi (KTM) 13 noyabr kuni o‘z faoliyatini boshlashi ma’lum qilindi. Agentlik orqali chet elga chiqishni rejalashtirayotgan shaxslar uchun dastlabki test sinovlari endilikda mazkur markaz orqali amalga oshiradi. Bu haqda Agentlik mas’ul vakili bilan suhbatlashgan KUN.UZ muxbiri xabar berdi.
|
 2017 yilning 1 oktabr holatiga respublika doimiy aholisining soni 32 mln. 511,9 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 391,4 ming kishiga yoki 1,2 foizga ko‘paydi. Shundan, 16 mln. 451,9 ming kishi – shahar joylarida (jami aholi sonining 50,6 foizi) va 16 mln. 60,0 ming kishi – qishloq joylarida (49,4 foizi) istiqomat qiladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining 2017 yilning yanvar-sentabr oylaridagi asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisobotida aytiladi. Kun.uz shu haqda yozmoqda.
|
 O‘zbekiston prezidenti Hukumatga joriy yil 5 sentyabrdan yo‘lga qo‘yilayotgan valyuta siyosati oqibatlarini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab-chiqish topshirig‘ini berdi, deb xabar qilindi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti rasmiy saytida.
|
 O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 sentyabr kuni «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177-sonli farmonni imzoladi.
|
|