15:21 Yuzingizni uy sharoitida oziqlantirish uchun niqoblar | |
![]() Bu niqoblarni yuzingizga haftada ikki marta surtib, 15-20 daqiqadan keyin yuvib tashlang. Natijasini ko‘rib, tan berishingiz aniq! Quruq va normal yuz terisi uchun olmali oziqlantiruvchi niqob: 1 osh qoshiq saryog‘ni olma va tuxum sarig‘ining qirindisi bilan qo‘shamiz. Unga 1 choyqoshiq asal solib aralashtiramiz. Bu niqobni yuzga surtib 20 daqiqadan keyin iliq suv bilan yuvib tashlash kerak. Quruq va normal yuz terisi uchun tozalovchi va oziqlantiruvchi karamli niqob: Karamni go‘shtmaydalagichdan o‘tkazib, tayyor bo‘lgan bo‘tqani yuzga surtib, 20 daqiqadan keyin uy haroratidagi suv bilan yuvib tashlang. Aralash tipdagi yuzlar uchun bananli oziqlantiruvchi niqob Bananni bo‘tqa qilib, unga 2 oshqoshiq qaymoq(slivki), 1 oshqoshiq asal solib, mikser bilan ko‘pirtiramiz. Tayyor bo‘lgan kremni darrov yuz, bo‘yin, dekolьte sohasiga surtib, 20-30 daqiqa qoldiramiz. Niqobni kosmetik salfetka bilan tozalaymiz. Quruq yuzlar uchun sabzili niqob Qirg‘ichning mayda tishidan ikkita qizil sabzini o‘tkazing. Tayyor bo‘lgan sabzi bo‘tqasiga 1 dona tuxum sarig‘i va 1 choyqoshiq o‘simlik (yaxshisi zaytun) yog‘ini qo‘shing. Normal va quruq yuz terisi uchun kartoshkali niqob 2 dona xom kartoshkani qirg‘ichdan mayda qilib o‘tkazib, unga 1 ta tuxum sarig‘i va 1 oshqoshiq sut qo‘shing. Ko‘zga hunuk ko‘rinsa-da, bu niqob ajoyib natijalar beradi. U nafaqat yuzning qurishi va teri ko‘chishidan, balki shishishdan ham asraydi. Yog‘li yuz terisi uchun qatiqli niqob Ikki oshqoshiq qatiqni 1 oshqoshiq kofe maydalagichda tuyilgan suli yormasi (gerkules) bilan aralashtiramiz. Xohishga ko‘ra qatiq o‘rniga kefir yoki atsidofilin ishlatsa ham bo‘laveradi. Manba | |
|
O'xshash Yangiliklar
Всего комментариев: 0 | |
| |