08:43
YChL. «Real» 0:2 hisobida ortda borayotib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
YChL. «Real» 0:2 hisobida ortda borayotib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Yevropa Chempionlar Ligasida 2-tur o‘yinlari boshlandi. O‘z maydonida Belgiyaning «Bryugge» klubini qabul qilgan «Real» 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Birinchi bo‘limda madridliklar 0:2 hisobida ortda borishayotgandi, ammo ikkinchi bo‘limda ikkita gol urib mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi.

Belgiyaliklar safida Dennis Bonaventura dubl qayd etgan bo‘lsa, mezbonlar safida Ramos va Kazemiro gol urishdi. Zidan ikkinchi bo‘lim avvalida darvozabon Tibo Kurtuani zaxiraga oldi va uning o‘rniga Alfons Areolya maydonga tushdi. Fransuz ikkinchi bo‘limni «quruq» o‘tkazdi. Shu tariqa «Real» ikkinchi turda ham g‘alaba qozona olmadi.

Eng so'nggi futbol yangiliklari

Real Madrid – Bryugge 2:2
Gollar: Ramos (55), Kazemiro (85) – Bonaventure (9, 39).
Real Madrid: Kurtua (Areolya, 46), Karvaxal, Varan, Ramos, Nacho (Marselo, 46), Modrich, Kazemiro, Kroos, Vaskes (Vinisius Junior, 67), Benzema, Azar.
Bryugge: Minole, Mata, Mexele, Deli, Rits, Diatta, Sobol, Vormer, Vanaken, Bonaventure (Openda, 71; Kols, 87), Tau.

Atalanta – Shaxtyor 1:2
Gollar: Sapata (28) – Morayes (41), Solomon (90+5).
Amalga oshirilmagan penalti: Ilichich (16).
Atalanta: Gollini, Toloy, Maziyello (Murel, 68), Palomino, Gomes, De Ron, Kastan, Xatebur (Gozens, 57), Ilichich (Malinovskiy, 57), Pashalich, Sapata.
Shaxtyor: Pyatov, Kritsov, Stepanenko, Tayson, Junior Morayes, Marlos (Konoplyanka, 86), Kovalenko, Alan Patrik (Solomon, 69), Matviyenko, Ismaili, Bolbat (Dodo, 90+3).
Ogohlantirishlar: Krivsov (15), Stepanenko (35), Ilichich (44), Morayes (45), de Ron (49), Bolbat (64), Toloy (80), Malinovskiy (90+2).

 Manba
Категория: Antiqa sport yangiliklari / futbol xabarlari | Просмотров: 48 | Добавил: ADMIRAL | Теги: futbol olami, ortda borayotib, chempionatlar, real fan club, YChL, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, sport xabarlari, Real Madrid, Real, realchilar, hisobida, futbol yangiliklari, ronaldo | Рейтинг: 0.0/0

O'xshash Yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
close