10:47
Uzum urug'i qanday xususiyatga ega
Uzum urug'i qanday xususiyatga ega

Uzumni yaxshi ko‘rsangiz-u, ammo urug‘ini ajratib olishga erinib (ha, ko‘pchilik shunday qiladi), uni kam iste’mol qilsangiz, quyidagi ma’lumot aynan siz uchun. Chunki mevani urug‘idan tozalashga aslo hojat yo‘q. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qildi.
Gap shundaki, uzum urug‘i bir qancha foydali xususiyatlarga ega. Demak, uni yutish zarar emas, aksincha, foydali.

Saratonning oldini oladi
Uzum urug‘ida kuchli antioksidantlar mujassam. Jumladan, tokoferol – ayrim onkologiya turlariga barham berishga qodir: sut bezlari, teri yoki prostatit saratoni.

Qonni tozalaydi
Uzum urug‘i tomirlarni mustahkamlab, qonni zararli moddalardan tozalaydi. Shuning uchun u, ayniqsa, yurak kasalliklaridan aziyat chekuvchi bemorlarga tavsiya etiladi.

Soch to‘kilishini to‘xtatadi
Qon aylanishini yaxshilash xususiyati tufayli uzum urug‘i soch to‘kilishiga qarshi kurashib, ildizini mustaqamlaydi.

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi
Uzum urug‘i Ye vitaminiga juda boyligi bois ko‘zga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘rish qobiliyatini mustahkamlab, ko‘z bilan bog‘liq muammolarning oldini oladi.

Yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ham ega
Uzum urug‘i kolit, gastrit, peshob yo‘lidagi infeksiyalar va hattoki teridagi muammolarni davolashda ham yordam beradi. Shuningdek, u oshqozonni juda yaxshi tozalaydi.

 Manba
Категория: Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari | Просмотров: 47 | Добавил: ADMIRAL | Теги: tibbiyot yangiliklari, salomatlik sirlari, uzum haqida, uzumnng urug'lari, Uzum urug'ining foydalari, uzum urug'i nimaga foyda, uzum urug'i, uzum mevasi | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash Yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
close