21:10
Test sinovlaridagi yangiliklardan boxabarmisiz? Yangi yo‘nalishlar, imtiyozlar va shpargalkalar haqida batafsil
Test sinovlaridagi yangiliklardan boxabarmisiz? Yangi yo‘nalishlar, imtiyozlar va shpargalkalar haqida batafsil

Ayni kunlarda mamlakatimizda navbatdagi o‘quv yili nihoyasiga yetishi bilan akademik litsey, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, umuman, talaba bo‘lishni diliga tukkan yigit-qizlar uchun hayajonli, mas’uliyatli va unutilmas damlar boshlandi. Ulkan orzular og‘ushida navqiron avlod vakillari o‘z hayotidagi eng muhim qarorlardan birini qabul qilishi, ya’ni kasb tanlashi, ertangi istiqboli yo‘lida mohir mutaxassis bo‘lib shakllanishi kerak bo‘ladi. Bunda joriy yilda oliy o‘quv brtlarida o‘tkaziladigan test sinovlaridagi yangiliklar har bir yigit-qizni qiziqtirishi tabiiy.

— Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida Vatanimizni jadal ravnaq toptirish maqsadida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayapti. Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar ta’limni sifat hamda mazmun jihatidan yanada yuksak pog‘onaga olib chiqish, mutlaqo yangicha dunyoqarash va tafakkurga ega shaxslarni tarbiyalash imkonini berayotir.

Endi bevosita bu yilgi oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish kvotasi haqida so‘z yuritsak. Ma’lumki, Prezidentimizning shu yil 26 maydagi “2016/2017 o‘quv yilida O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassassalariga qabul to‘g‘risida”gi qaroriga asosan oliy ta’lim muassasalariga abiturientlarni qabul qilish kvotasi belgilab berildi. Chunonchi, ushbu o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 57907 nafar talabalar qabuli tasdiqlangan. Bunda 19120 nafar talaba davlat granti, 38787 nafari esa to‘lov kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. Shuningdek, maxsus sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha Toshkent kimyo-texnologiya institutining Qo‘ng‘irot bo‘limiga 65 nafar talaba davlat granti asosida, Toshkent axborot texnologiya universitetiga 50 nafar talaba, shundan 15 nafari davlat granti va 35 nafari to‘lov shartnoma asosida talabalikka qabul qilinishi belgilangan.

— Prezidentimizning yuqorida qayd etilgan qaroriga muvofiq, respublikamizdagi 13 ta oliy ta’lim muassasasida 18 ta yangi ta’lim yo‘nalishi ochildi va ular bo‘yicha qabul kvotalari belgilandi. Ularga ko‘ra, 2016-2017 o‘quv yilidan boshlab, Toshkent davlat texnika universitetida sakkizta, Toshkent arxitektura-qurilish institutida uchta, Toshkent kimyo-texnologiya institutida bitta, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bitta, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida bitta, Toshkent tibbiyot akademiyasida bitta, O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bitta, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali va Andijon qishloq xo‘jaligi institutlarida ikkita yangi ta’lim yo‘nalishiga talabalar qabuli amalga oshiriladi.

— Oxirgi 3-4 yillar ma’lumotlarini tahlil qilganimizda, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirayotgan abiturientlar soni yiliga o‘rtacha 10-15 foiz o‘sib borganligining guvohi bo‘lamiz. Shularni hisobga olib aytganda joriy yilda ham oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirayotgan abiturientlar soni oshishi kutilmoqda. Lekin hozirdan biror aniq raqamni keltirish noo‘rin. Shunday bo‘lsa-da, 2015/2016 o‘quv yilida oliy o‘quv yurti qabul kvotasiga nisbatan eng ko‘p abiturient hujjat topshirgan ta’lim muassasalari haqida aytib o‘tish mumkin. Jumladan, o‘tgan yili respublika bo‘yicha eng ko‘p hujjat Termiz davlat universitetiga topshirildi. 33 ming 243 nafar abiturient mazkur ta’lim maskanining talabasi bo‘lish istagini bildirgan. Bu bir o‘ringa 20 nafar yigit-qiz to‘g‘ri keldi, deganidir. Keyingi o‘rinlarni Jizzax davlat pedagogika instituti (24 ming 170 nafar), Andijon davlat universiteti (22 ming 819 nafar), Farg‘ona davlat universiteti (22 ming 253 nafar), Qarshi davlat universiteti (21 ming 832 nafar) egallagan.

— Biz dastavval, joylarda auditoriyalarni tayyorlash ishlari hamda binolar dislokatsiyasini o‘rganib chiqdik. Shunga binoan, bu yil oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshiradigan abiturientlarning ko‘payishini nazarda tutgan holda ishlar olib bordik. Bundan tashqari, oliy, oliy harbiy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlariga Davlat test markazi vakillari sifatida ishtirok etishi belgilangan 5725 nafar nomzod uchun test sinovi o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida amaliy seminar mashg‘ulotlari tashkil qilindi. O’z navbatida, ular tomonidan auditoriya rahbari va kuzatuvchi sifatida ishtirok etadigan 127 mingdan ortiq nomzod pedagog-xodimlar uchun amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazish hamda yuqori tayyorgarlikka erishish maqsadida o‘zbek va rus tillarida test sinovi tartibiga bag‘ishlangan o‘quv videofilmi, taqdimotlar, ko‘rgazmali qurollar tayyorlandi va barcha hududga yetkazildi. Hozirgi kunda ham test sinovi o‘tkaziladigan binolar dislokatsiyasi bo‘yicha ish olib borilmoqda

— Oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli (tanlovdan tashqari, test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz) davlat granti asosida qabul qilish Prezidentimizning 1993 yil 5 fevraldagi “O’zbekistonning o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi “O’zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi qarori hamda shu hujjatda keltirilgan Respublika olimpiadalari, tanlovlari va sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risida Nizom asosida amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari hamda tegishli vazirliklar, idoralar tomonidan har yili o‘tkaziladigan respublika tanlovlari g‘oliblari ham mazkur imtiyozga ega.

— Suhbatimiz so‘ngida test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan yigit-qizlarga qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?

Abiturientlarga omad va talaba bo‘lish baxtini tilagan holda, yana test sinovlari jarayonida ularga beriladigan test materiallari — savollar kitobi, javoblar varaqasining o‘zi haqidagi ma’lumotlar kiritilishi belgilangan joylarini to‘liq, xatosiz rasmiylashtirishlari, titul varaqasi hamda ruxsatnomasiga javoblar varaqasi raqamini bexato ko‘chirib yozishlari, shuningdek, imzo qo‘yilishi kerak bo‘lgan barcha ilova va shakllarga imzo qo‘yishni unutmasliklarini so‘raymiz. Bu ularning test sinovining keyingi bosqichida haq-huquqlarini ta’minlashda yordam beradi.

 

Omonulla FAYZIeV

 

 Manba
Категория: Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Просмотров: 1717 | Добавил: ADMIRAL | Теги: oqishga qanday kirish mumkin, dtm test savollari, qiziqarli malumot, antiqa yangiliklar, imtixon topshirish, shpargalka, chet elga imtixon topshirish | Рейтинг: 5.0/14

O'xshash Yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
close