12:42
Oilaviy byudjetni tartibga solamiz va pulni ko'paytiramiz
Oilaviy byudjetni tartibga solamiz va pulni ko'paytiramiz

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, 70 % yosh oilalarning ajrashuviga sabab bo‘ladigan omillardan biri pul bilan bog‘liq kelishmovchiliklar ekan. Kamdan-kam hollarda turmush qurish arafasida turgan yoshlar bo‘lajak yangi oilaning moliyaviy tomonlarini o‘ylab ko‘radi. Bu masalada qarama-qarshiliklar yuzaga kela boshlaganda esa “bosh qotirishga” majbur bo‘ladi. Mana shu pallada oila byudjetini rejalashtirish ayni muddaodir. Buning uchun ikki yosh avvalo, byudjet qayerdan to‘planishi va pullar qayerga sarflanishini tasavvur eta olishi lozim.

1. Nazorat o‘rnating

Agar siz moliyaviy masalada tartib o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, birinchidan, barcha daromadni hisoblab chiqing. So‘ng xarajat, xarid va to‘lovlarga ketadigan mablag‘larni taqsimlab chiqing. Bu tartibni kim nazorat qilishini ham tayinlashni unutmang.

2. Yozma ro‘yxat tuzing

Excel dasturida oddiy jadval tuzing va unga asosiy daromad hamda xarajatlaringiz ro‘yxatini  yozib boring. Masalan, ro‘zg‘orga olinadigan oziq-ovqatlar, uydan tashqari ovqatlanish, turli xizmatlar (telefon, Internet, go‘zallik saloni va boshqa), yo‘l haqi, kiyim-kechak va hokazo.

3. Savdolashishdan uyalmang

Ba’zi kishilar savdolashishga sabr qilmay yoki “narxini tushiring, qimmat ekan” deyishdan uyalib, sotuvchi aytgan narxda sotib olaveradi. Vaholanki, o‘sha mahsulot siz xarid qilgan narxdan ancha arzon bo‘lishi mumkin.

4. Tejamkor bo‘ling

To‘g‘ri, bugun iste’mol bozori keng bo‘lgani bois, tejamkor bo‘lish mushkul, lekin, ko‘pchilik millionerlar tejash, pul bilan muomala qilish natijasida boy bo‘lishgan.

5. Hisobot tayyorlang

Har oy boshida byudjet rejasini tuzganingiz kabi, har oy oxirida ham o‘zingiz uchun hisobot tayyorlab boring.

Yuqoridagi maslahatlarga amal qilish va nazorat qilib borish kundalik yumushga aylanib borsa, o‘z-o‘zidan hayotingiz yaxshilanishiga, moddiy jihatdan muammolaringiz kamayishiga olib keladi. Bu esa oilaning yanada mustahkam bo‘lishiga hissa qo‘shadi.

 Manba
Категория: Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish | Просмотров: 2548 | Добавил: ADMIRAL | Теги: boy bo'lish sirlari, badavlat bo'lish siri, pulni ko'paytirish, pulni qanday ko'paytirad, pulim ko'p bo'lsin, ko'paytirish, oilaviy bujetni to'ldirish | Рейтинг: 5.0/8

O'xshash Yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
close