13:52
OAV yangi iPhone 7’ga qo‘sh kamera o‘rnatilishidan xabar topdi
OAV yangi iPhone 7’ga qo‘sh kamera o‘rnatilishidan xabar topdi

iPhone 6s va iPhone 6s Plus o‘rniga keladigan yangi smartfonlar tashqi ko‘rinishidan o‘zidan oldingi Apple telefonlariga o‘xshash bo‘lishi, naushnik ulanadigan an’anaviy teshikcha (razyom)dan xoli bo‘lishi va yaxshilangan fotokameraga ega bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Bloomberg o‘z manbalariga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Interfaks”.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Apple smartfonining navbatdagi avlodida “Uyga” tugmasi sig‘imdor bo‘ladi, uni bosganda avvalgi tugmani bosgandagi kabi chiqillash his etiladi. Yangi Mac noutbuklarining trekpadida qo‘llanilgan ushbu effekt elektr magnitlar to‘plami vibratsiyasi bilan izohlanadi.

Internetda iPhone 7 lineykasidagi smartfonlar haqida anchagina mish-mishlar to‘planib qoldi. iPhone 7 va kattaroq ekranli iPhone 7 Plus, shuningdek, qo‘sh kamerali iPhone 7 Pro ham tilga olindi. Uning qo‘sh kamerasi tiniqroq va yorqinroq suratlar olish imkonini beradi. Bir vaqtning o‘zida ikkita kameraga surat olinadi va ular bitta tasvirga jamlanadi.

Internetda paydo bo‘lgan render-tasvirlarda kamera moduli biroz turtib chiqqanini, shuningdek, pastki qismidagi dinamiklarning ikkita panjarasini ko‘rish mumkin, bu stereodinamiklar o‘rnatilishi mumkinligiga ishora qiladi. Yangi qurilmalar iOS 10 asosida ishlaydi, uning beta-versiyasi ishlab chiquvchilar uchun 2016-yil 13-iyunda taqdim etilgan edi, xabar beradi «daryo» nashri.

 Manba
Категория: Mobil telefonlar olami / yangi chiqqan telefonlar | Просмотров: 1384 | Добавил: ADMIRAL | Теги: telefon ayfon 7, iphone 7 qnaday chiqadi, iphone korinishi qanday, iphone 7 kamerasi, iphone haqida, iphone 7 rasmlari, iphonening yangisi | Рейтинг: 5.0/6

O'xshash Yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
close