20:49
O’zbekistonda 6 oy davomida 3700ta bir yoshgacha bo‘lgan norasida vafot etdi
O’zbekistonda 6 oy davomida 3700ta bir yoshgacha bo‘lgan norasida vafot etdi

O’zbekistonning demografik holati bo‘yicha eng so‘nggi statistik ma’lumotlar e’lon qilidi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2016 yilning o‘tgan yarim yilligi bo‘yicha demografik holatiga doir asosiy ko‘rsatkichlarni e’lon qildi.
 
Unga ko‘ra, O’zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2016 yil 1 iyul holatiga 31807,0 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 231,7 ming kishiga yoki 0,7 foizga o‘sgan. Jumladan, shahar aholisi soni 16110,0 ming kishini (jami aholi soniga nisbatan 50,6 %), qishloq aholisi soni 15697,0 ming kishini (jami aholi soniga nisbatan 49,4 %) tashkil etmoqda.
 
Tug‘ilish. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning yanvar-iyun oylarida 318,0 ming nafar bola tug‘ilib, mos ravishda tug‘ilish koeffitsienti 20,2 promilleni tashkil qildi (2015 yilda 20,2 promille bo‘lgan).
 
O’lim. 2016 yilning yanvar-iyun oylarida 73,9 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda o‘lim koeffitsienti 4,7 promilleni tashkil etdi.
 
Ro‘yxatga olingan jami o‘lganlarning 59,7 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8,6 foizi o‘simtalardan, 5,5 foizi ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 6,3 foizi nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 5,6 foizi baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan vafot etgan.
 
2016 yilning yanvar-iyun davri mobaynida 3,7 mingta 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi qayd etildi va go‘daklar o‘limi koeffitsienti 10,0 promilleni tashkil etdi.  Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha o‘lgan jami bolalarning 53,5 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 24,4 foizi nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 10,2 foizi tug‘ma anomaliyalardan, 3,0 foizi yuqumli va parazitar kasalliklardan vafot etgan.

Manba

 Manba
Категория: Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Просмотров: 1550 | Добавил: ADMIRAL | Теги: yurtimiz yangiliklari, websayt, kichkintoylar, chaqaloqlar, statistik malumotlar, sayt, qiziqarli malumotlar, antiqa yangiliklar olami, odamlar | Рейтинг: 5.0/10

O'xshash Yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
close