21:40
Microsoft Lumia 950: ko‘z pardasini skanerlovchi cho‘ntakdagi kompyuter
Microsoft Lumia 950: ko‘z pardasini skanerlovchi cho‘ntakdagi kompyuter

Microsoft kompaniyasining uzoq kutilgan Lumia 950 smartfoni va nihoyat qo‘lga tegdi. Smartfon Windows 10 operatsion tizimida ishlaydi. Continuum texnologiyasi mavjud. Shuningdek, Quad HD ekran, simsiz zaryadlash imkoniyati, ko‘z rangdor pardasini skanerlash, ZEISS optikali yorqin kamera va boshqa ko‘plab funktsiyalarga ega.

http://terabayt.uz/wp-content/uploads/2016/01/2.jpg

Operatsion tizimi: Windows 10
Protsessori: 6 yadroli Qualcomm Snapdragon 808
Xotirasi: 32 GBayt sig‘imga ega, tezkor xotirasi 3 GBayt, 200 GBaytgacha karta joylash mumkin.
Ekrani: ClearBlack OLED, 5,2”, ekran sig‘imi 2560×1440, Gorilla Glass 3 oynali.
Kamerasi: ZEISS 20 20 megapiksel avtofokuslagich bilan, ovoz yozish uchun 4 mikrofoni bor, uch karra chaqnaydi.
Old kamerasi: 5 megapikselli, keng burchakli Full HD
Simsiz ulanish kanallari: Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac, Bluetooth 4.0, NFC, Wi-Fi Direct
Akkumulyator sig‘imi: 3000 mA·soat
O’lchami: 145 x 73,2 x 8,2 mm.
Vazni: 150 gramm.

Microsoft Lumia 950 smartfonining talay qiziqarli jihatlari bo‘lib, ularning har biriga to‘xtalib o‘tirmasdan asosiy funktsiyalari haqida hikoya qilamiz.

 Qulay va kirchimol korpus

Lumia 950 korpusi oq va qora rangli hammabop kirchimol polikarbonatdan ishlangan. Barmoq izi qoldirmaydigan jo‘n material, shisha va metall singari jilokor emas, ammo qopqog‘ini yangisiga osongina almashtiriladi.

Orqa qopqog‘ini olib qo‘ysa bo‘ladi – tirnalib qolsa yangisiga almashtirish mumkin. Akkumulyator kuchsizlansa, qo‘shimchasi o‘rnatiladi. SIM-kartani almashtirishga yordamchi mahkamlagichlar zarur emas.

Eng zo‘r xususiyati simsiz zaryadlay olish imkoniyatidir. Metall smartfonlarni simsiz zaryadlab bo‘lmaydi, Lumia 950ni esa marhamat. Maxsus panel korpus sirtida joylashgan, Qi standartli har qanday aksessuar mos keladi.

Yorqin ekran

Lumia 950 smartfonida AMOLED matritsa qo‘llanadi. 2560x1440 piksel bu o‘rta sinfdagi ko‘plab zamonaviy televizorlarning ekran sig‘imidan ham kattaroq deganidir. Nuqtalar zichligi 564 ppi rekord darajada bo‘lib, bu borada Lumia 950 yetakchilar safida.

Ekranning rangini sozlash mumkin, buning uchun “Lumia rang profili” optsiyasidan foydalaniladi.

Qancha muddat ishlaydi?

Uzoq ishlaydi, chunki akkumulyator sig‘imi 3000 mA·soat, AMOLED ekrani va Qualcomm Snapdragon 808 protsessori tejamkor. Batareyaning kushandasi ijtimoiy tarmoqlar, pochta, kamera va qo‘ng‘iroqlardan ko‘p foydalanilsa bir sutkaga yetadi. Bu zamonaviy flagmanlar uchun yetarli muddat.

Eng yuqori yorqinlikda video tomosha qilsangiz smartfon 9 soat “chidab beradi”, musiqa eshitish uchun bu ko‘rsatkich 67 soat, o‘yin uchun 4-5 soatga teng.

http://terabayt.uz/wp-content/uploads/2016/01/4-%D0%B1%D0%B0%D1%82%D0%B0%D1%80%D0%B5%D1%8F.jpg

ZEISS optikasi tavsifi

Lumia smartfonlarining kamerasi hamisha zo‘r bo‘lgan, chunki unda nemis optika kontsernining ZEISS oynalari ishlatiladi.

Lumia tasvirni optik barqarorlashtiruvchi kameraga ega dunyoda birinchi smartfondir. Shuningdek, ekran sig‘imini (resolution) saqlagan holda katta-kichiklashtirish bo‘yicha ham birinchi. Videoga olishda ovoz yozuvchi to‘rt mikrofoni bor, bu jihatdan ham yetakchi.

http://terabayt.uz/wp-content/uploads/2016/01/5-%D0%BA%D0%B0%D0%BC%D0%B5%D1%80%D0%B0.jpg

20 megapikselli kamera 6 linzaga ega. Tasvirdagi detallar aniqligini yo‘qotmasdan ikki barobar kattalashtirish mumkin. Videoga yozishda esa 4 marta kattalashtirib olsa bo‘ladi.

Kamera ilovasida ekspozitsiyani sozlash, ranglarni muvozanatlash va boshqa ko‘plab imkoniyatlar bor. Chaqnash kuchi ziyodligidan tunda ham yorqin tasvirni muhrlash mumkin.

Microsoft Lumia 950 olgan fotosuratlar:

http://terabayt.uz/wp-content/uploads/2016/01/%D1%80%D0%B0%D1%81%D0%BC%D0%BB%D0%B0%D1%80%D0%B3%D0%B0-%D0%BC%D0%B8%D1%81%D0%BE%D0%BB%D0%BB%D0%B0%D1%80.jpg

Smartfonda Windows 10 operatsion tizimi

Windows 10 universal tizimi Windows Phone o‘rniga kelib, smartfonni to‘laqonli kompyuterga aylantirib qo‘ydi. Endi smartfonga klaviatura, “sichqon” va monitor ulasa bo‘ladi. Darhaqiqat, Microsoft bu yo‘nalishda katta qadam qo‘ydi. Smartfonning ushbu funktsiyasi Continuum deb ataladi. Qo‘shimcha aksessuarlar ulangan holida ham qo‘ng‘iroq va xabarlashuv xizmatida foydalana olasiz.

http://terabayt.uz/wp-content/uploads/2016/01/%D0%B2%D0%B8%D0%BD%D0%B4%D0%BE%D0%B2%D1%81%D1%84%D0%BE%D0%BD.jpg

Operatsion tizim ishlashi tezlashgan, dizayn yangicha. Sozlash oynasi bo‘limlarga guruhlangan.

Bildirishlar markazi ham o‘zgargan, bunda 16 tez ochish yorlig‘i bor. Microsoft Edge yangi brauzeri sodda va tezkor. Harfdan harfga sakrash uchun klaviaturada maxsus tachpad joylashgan.

Josuslar smartfonimi?

Lumia 950 va 950 XL ko‘z rangdor pardasini skanerlovchi birinchi smartfondir. Barmoqni skanerlash o‘tmishda qolib ketdimi? Balki gap boshqa yoqdadir. Uyquda yotganingizda kimdir smartfoningizga kirish uchun barmog‘ingizdan foydalanishi mumkin, ammo ko‘z pardasini skanerlovchi smartfonda bunday o‘yin ketmaydi.

http://terabayt.uz/wp-content/uploads/2016/01/%D0%BA%D1%83%D0%B7-%D1%81%D0%BA%D0%B0%D0%BD%D0%B5%D1%80.jpg

Skaner qorong‘ulikda ham a’lo darajada ishlaydi. Boringki, egasini “tanimay” qolganda ham pin-kodni kiritish imkoni saqlanib qolgan.

Biometrik identifikatsiya funktsiyasi, hozircha, smartfonga kirishda tekshiruv bilan cheklanadi, ammo smartfon egasini barcha sayt va ilovalarga kirishida oldindan “tanib o‘tkazish” funktsiyasini kelajakda ishlab chiqish rejalashtirilgan. Paroldan tamoman voz kechish – kelgusidagi maqsad.

Xulosa

Microsoft Lumia 950 smartfon to‘g‘risidagi tasavvurni o‘zgartirib yuboruvchi faxriy rusumdir. Continuum funktsiyasining o‘zi yangi dunyoga qadam. Ikki yil oldin smartfonga monitor va klaviatura ulash haqida xayolingizga keltirgan edingizmi?

Ko‘zni skanerlash funktsiyasi xavfsizligimizni yanada yaxshi ta’minlaydigan bo‘ldi. Qolgan xususiyatlari, jumladan, kuchli kamera, ekran sig‘imining rekord darajasi, ulkan xotira hajmi, ovozli navigatsiya, ikkita SIM-karta joylashuvi, simsiz zaryadlash imkoniyati smartfonni dunyoda yetakchilar safiga qo‘shadi.

http://terabayt.uz/wp-content/uploads/2016/01/%D0%BE%D1%85%D0%B8%D1%80%D0%B8%D0%B4%D0%B0.jpg

Smartfon Microsoft firmasi do‘konlarida 655 dollar narxda sotilmoqda

 

 Manba
Категория: Mobil telefonlar olami / yangi chiqqan telefonlar | Просмотров: 1596 | Добавил: ADMIRAL | Теги: nokia lumiya haqida, windows mobile haqida malumot, microsoft lumiya | Рейтинг: 5.0/12
Всего комментариев: 0
avatar
close