23:14
​«Ko`rishga ko`zim yo`q, tamom-vassalom!»
​«Ko`rishga ko`zim yo`q, tamom-vassalom!»

Ana shunday deb, toshdek qotib o`tiraversangiz, o`zingizga yomon qilasiz, xolos. Chunki yuqorida aytganimizdek, salbiy tuyg`ular koni zarar. Xo`sh, nima qilish kerak? 

1. Bugundan o`z ustimizda ishlashni boshlaymiz. Ya`ni o`zingizga so`z bering: men bugundan hech kimni yomon ko`rmayman deb. Buning uchun hech kimga baho bermang. Ya`ni «Bu — yomon odam» deya.

2. Farzandlarimizga atrofdagi voqea-hodisalarga ijobiy tuyg`ular bilan qarashni o`rgataylik. Bu yo`lda, avvalo, ularga o`zimiz o`rnak bo`lishimiz kerak. Masalan, qaynona-kelin bir-birini xushlamagan oilada o`sgan bolalar yomon ko`rish — himoya vositasi yoki odatiy hol, deya katta bo`lishadi. Shuning uchun ham kimgadir bo`lgan salbiy munosabatingizni farzandlaringizga oshkor etmang.

3. Boricha qabul qiling. Shunda taqdir yo`llaringizda uchragan kishiga nisbatan ko`nglingizda nafrat tuyg`usi ildiz otmaydi. Masalan, «Biroz zaharligi bo`lsa-da, mardligi tahsinga sazovor», deng-da, hurmatingizni yo`qotmang. Axir har bir insonning o`ziga xos fe`l-atvori bilan birga ijobiy xususiyatlari ham bo`ladi. Shularni ko`ra biling.

4. O`zingizni yaxshi ko`ring. Chunki atrofidagi qaysidir odamni yomon ko`rgan kishida o`zidan qoniqmaslik hissi kuchli bo`ladi. Tashqi ko`rinishidan norozi odam ko`ziga sal husnsiz ko`ringanga xunuk deya tamg`a yopishtiradi. Yoki hech omadi yurishmayotgan bo`lsa, omadlining xushmuomalaligini mulozamatgo`ylikka yo`yib, uni ko`rishga ko`zi bo`lmay qoladi. Ko`pchilikdan «O`zingizni yaxshi ko`rishni bilasizmi?» deya so`rasak, «Ha», deydi. Isbot talab qilganimizda esa asosan: «O`zimdan pulni ayamayman...», «Istagan taomimni eb, istagan libosimni kiyaman» kabi jismoniy ehtiyojlar bilan bog`liq javoblarni olamiz. Aslida, o`zini sevgan inson xayollarini o`tib ketgan xafagarchiliklar, noroziliklar, ko`ngilsizliklar bilan band etmaydigan odamdir. Natijada kimnidir yomon ko`rmaydi. Nafrat bilan o`zini-o`zi qiynamaydi.

5. «Meni yomon ko`radi», deya birovning his-tuyg`ulari ustidan hukm o`qimang. Axir siz o`sha odamning ong ostiga sho`ng`imagansiz-ku! Miyasini rentgen qilmagansiz-ku, sizga hammasi besh qo`ldek ayon bo`lsa. Qo`pol munosabat bildirsa ham, ko`nglingizni og`ritsa ham, bunday xulosa qilishingiz noto`g`ri. U sizni ogohlantirayotgan, sizga ko`zgu tutayotgan yoki yaxshilik sog`inayotgan bo`lishi hech gapmas-ku!

6. Birinchi belgidanoq ko`zni oching. Avvaliga yoqtirmaysiz, keyin jig`ingizga tegadigan odatidan jahlingiz chiqadi, bora-bora bu agressiyaga aylanib, tilingiz va harakatlaringizga ko`chadi. So`ng nafrat timdalay boshlaydi yurakni. Birinchi belgini sezishingiz bilan avval o`zingizga nazar soling, nima uchunligini yuqorida ta`kidladik, keyin obe`ktni emas, unga bo`lgan munosabatingizni to`g`irlashga harakat qiling.

Xulosa

Hammani birdek yaxshi ko`rib qolish qo`limizdan kelmaydi. Ammo yomon ko`rmaslikka kuchimiz etadi. Buning uchun hech kimga hech qanday baho bermasak va o`zimizni sevsak bo`ldi. O`zini yaxshi ko`rgan insondan esa yomonlik chiqmaydi. Aytishadi-ku «Bu dunyoda hamma yaxshi, bu dunyoda bo`l yaxshi», deya. Sizni faqat va faqat yaxshi ko`rishlarini tilab qolamiz, yaxshilar!

Shoira VAFOEVA

 Manba
Категория: Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar | Просмотров: 872 | Добавил: ADMIRAL | Теги: yoq, tamom-vassalom!», kozim, ​«Korishga | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0
avatar
close