18:34
Juda mazali qaymoqli va tovuq go'shtli kotletlar
Juda mazali qaymoqli va tovuq go'shtli kotletlar

Nihoyatda mayin bo’lmish tovuq go’shtidan qilinadigan mana  bunday kotletlar hech kimni befarq qoldirmasligi aniq! bugun sizlar bilan judayam lazzatli tovuq go'stidan tayyorlangan qaymoqli kotlet tayyorlashni o'rganamiz

Tayyorlash uchun oddiy masalliqlar kerak bo’lib, pishirish jarayoni ham ko’p vaqtni olmaydi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 26 000 so’m sarf qilinadi.*
 

Masalliqlar
75 gramm toster yoki baton noni
150 millilitr 15-20 % li qaymoq
75 gramm sariyog'
500 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
ta'bga qarab tuz va murch
belab olish uchun maydalangan suxari
qovurish uchun o'simlik yog'i

1-O'rinda
Nonning mag'zini bo'laklarga bo'lib olamiz. Ustidan qaymoqni quyib, ivitib qo'yamiz.

2-O'rinda
Sariyog'ni eritamiz va sovutamiz.

3-O'rinda
Tog'orachaga qiyma va batonni solamiz, ustidan eritilgan sariyog'ni quyamiz. Tuz va murch sepib, qo'lda yaxshilab aralashtirib olamiz.

4-O'rinda
Ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

5-O'rinda
Qiymadan bir xil kattalikdagi kotletlar yasab chiqamiz. Ularni maydalangan suxariga belab, un sepilgan taxtakach ustiga terib chiqamiz.

6-O'rinda
Tovaga o'simlik yog'ini quyib qizdiramiz. So'ng kotletlarni solib, har bir tomonini 5-6 daqiqadan qovurib olamiz. Qovurish jarayonida tovani qopqog'ini yopishni unutmaymiz.

Yoqimli ishtaha!

Bundan tashqari siz bizning sayt orqali Pazandalik sirlarini to'liq o'rganib olishingiz mumkin

 Manba
Категория: Antiqa pishiriqlar / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi | Просмотров: 96 | Добавил: ADMIRAL | Теги: ovqat qilishni o'rganish, pazandalar olami, ayollar uchun, mazali taomlar, ayollar oshxonasi, katlet qanday qilinadi, kotlet tayyorlash siri, taomlar, kotlet qilish, kotletlar, Tovuqli kotlet, pazandalik sirlari, go'shtdan tayyorlangan kotlet, qaymoqli kotletlar, retseptlar, katlent pishirish | Рейтинг: 5.0/2

O'xshash Yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
close