20:28
Iste'mol sodasining 9 foydalari haqida bilasizmi?
Iste'mol sodasining 9 foydalari haqida bilasizmi?

Har qanday bekaning oshxona javonidan topish mumkin bo‘lgan iste’mol sodasi nafaqat pishir-kuydir uchun, balki boshqa bir qator yumushlarimizni yengillatishda ham foydalidir. Uning ro‘zg‘ordagi turli maqsadlarda qo‘llanilishi haqida quyida ma’lumot beramiz.

Oltin sochlar siri

Kutilmaganda yakshanba kuni ertalabdan bir joyga borishingizga to‘g‘ri kelib qoldi. Biroq singlingiz shampunni oxirgi tomchisigacha ishlatib qo‘yibdi. Nima qilay, deya boshni qashlamasdan, darrov oshxonaga yuguring. Iste’mol sodasini suv bilan aralashtirib, shampun quyuqligiga keltiring va sochlaringizga surting. Bu aralashma har qanday shampunning o‘rnini bosadi. Ammo uni har doim qo‘llash mumkin emas. Faqat yangi sotib olingan shampunga biroz iste’mol sodasi qo‘shib ishlatsangiz, sochlaringiz oltindek tovlana boshlaydi. Shuningdek, bu aralashma sochga sepiladigan lak, gelyu va muslarni oson ketkazishga yordam beradi.

Yuz uchun skrab

Yuzingiz mayin va yumshoq bo‘lishini istasangiz, iste’mol sodasidan tayyorlangan skrabdan foydalaning. Buning uchun iste’mol sodasini 3:1 miqdorda qaynatib sovitilgan suv bilan aralashtiring. Skrabni yuz tersiga surtib, 3-5 daqiqa davomida yengilgina uqalang. So‘ngra iliq suv bilan yuvib, yumshatuvchi krem surting.

Ari, chivin, burga yoki boshqa hasharot «g‘azab»iga uchraganda oz miqdorda iste’mol sodasini suv bilan aralashtirib, hasharot chaqqan joyga surtish foydali. Bu surtma qichishish, achishish va yallig‘lanishdan xalos etadi. Shuningdek, kesib olingan barmoq yoki qo‘lda yiring yig‘ilsa, iste’mol sodasini issiq suvda eritib, o‘n besh daqiqa shu aralashmaga solib turish kerak. Faqat bu usulni bir necha bor takrorlash kerak.

Noxush hiddan qutulish uchun

Ba’zan bakteriyalarning «samarali» faoliyati tufayli og‘izda tish emalini yemiruvchi kislotalar paydo bo‘la boshlaydi. Natijada og‘izdan noxush hid anqiydi. 1 stakan qaynab sovigan suvga 1 osh qoshiq iste’mol sodasi solib, aralashtiriladi. Bu aralashma bilan og‘iz bo‘shlig‘ini har kuni chayib turish lozim.

Iste’mol sodasidan tayyorlangan vannalar oyoq terlashidan ham xalos qiladi.

Oshxonada ko‘makchi

  • Agar xarid qilgan go‘shtingiz qattiq bo‘lsa, unga istemol sodasini surtib, uch soatga muzxonaga qo‘ying. So‘ng go‘shtni yuvib, taomga ishlatishingiz mumkin.
  • 1 litr suvga 2 osh qoshiq iste’mol sodasi soling. Keyin baliq go‘shtini ushbu suvga solib, 1-2 soat muzlatkichda qo‘ying. So‘ng yuvib, yegulik tayyorlashingiz mumkin. Bu yo‘l bilan noxush hid oshxonaningizni zabt etishining oldini olasiz.

Eslatma

Homilador ayollar yoki sog‘lom turmush tarzini afzal ko‘ruvchilarga uy ishlarida turli kimyoviy vositalar o‘rniga iste’mol sodasidan foydalanishni tavsiya etiladi.

Ortiqcha vazndan xalos etadimi?

Ishtahani bo‘g‘ish va yog‘ parchalanishi yomonlashtirish uchun oshqozon kislotasi miqdorini iste’mol sodasi yordamida o‘zgartirishga urinish salomatlik uchun xavfli! Yodingizda bo‘lsin, uni davomli ravishda ko‘p miqdorda iste’mol qilish hazm tizimi shilliq pardasiga shikast yetkazadi, qizilo‘ngach va oshqozonda yaralar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Pardoz anjomlarini tozalaydi

Iste’mol sodasini suvda eritib, pardoz anjomlarini kosmetika qoldiqlaridan tozalashda foydalanish mumkin. Sovunbilan yuvilgandan keyin mo‘yqalam uchlari qotib, qurishganini sezgadirsiz, ammo sodali eritmada tozalangan mo‘yqalamlar bir-biriga yopishib qolmaydi, aksincha yanayam momiqlashadi. Taroqlarni ham shunday eritmada ivitib qo‘ysangiz, ular yangidek bo‘ladi.

Ehtiyot bo‘ling!

Iste’mol sodasi kukuni teri yuzasiga uzoq vaqt davomida surtib qo‘yilsa, teri shikastlanishiga, ko‘z va nafas olish tizimiga tushganda esa a’zolarning kuyishga olib kelishi mumkin.

Noto‘g‘ri faktlar

Odamlar orasida iste’mol sodasili eritma jig‘ildon qaynaganda foyda beradi, degan qarash bor. Shifokorlar bu qarashni inkor qiladi. Chunki iste’mol sodasi qorin dam bo‘lishi va oshqozonda yanada ko‘proq kislota ishlab chiqarilishiga sababchiligi aniqlangan.

 Manba
Категория: Antiqa qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar | Просмотров: 3068 | Добавил: ADMIRAL | Теги: soda nimalarga ishlatiladi, qiziqarli faktlar, chayni soda haqida malumot, malumotlar, soda qanday ishlatiladi, antiqa.uz yangi, istemol sodasi haqida | Рейтинг: 5.0/13

O'xshash Yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
close