15:46
«Grin kard» sanasi e’lon qilindi. Yangi talablar bilan
«Grin kard» sanasi e’lon qilindi. Yangi talablar bilan

2021 yil uchun «Grin kard» lotereya dasturi 2019 yil 2 oktyabr kuni boshlanib, 5 noyabr kuni tugaydi. Bu haqda AQSh davlat departamenti saytida xabarnoma chiqdi.

Ushbu dastur o‘zbekistonlik uchun begona emas, har yili minglab o‘zbeklar bu lotereyada qatnashadilar. Bu galgi «Grin kard» dasturiga yangi talablar kiritilgani ariza beruvchilar soni keskin kamayishiga olib kelishi mumkin.

Xususan, endi talabgorlar o‘rta maktabni bitirgan bo‘lishi yoki so‘nggi 5 yilda kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lishi shart etib belgilangan.
Tasodifiy kompyuter dasturi 2020 yil 1 oktyabrdan 2021 yil 30 sentyabrga qadar lotereya g‘oliblarini aniqlaydi.

Quyidagi davlatlar bu yilgi registratsiyada qatnasha olmaydi:
Bangladesh, Braziliya, Kanada, Xitoy, Kolumbiya, Dominikan Respublikasi, Salvador, Gvatemala, Haiti, Hindiston, Yamayka, Meksika, Nigeriya, Pokiston, Filippin, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va unga tegishli hududlar (Shimoliy Irlandiyadan tashqari) hamda Vetnam.

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z chiqishlarida ushbu dastur qoidalarini o‘zgartirishi, talablar kuchaytirilishi haqida bir necha bor aytgandi. Hatto «Grin-kard»ni to‘xtatib qo‘yishni ham ta’kidlagan.

 Manba
Категория: Yurtimiz yangiliklari / Mahalli xabarlar | Просмотров: 42 | Добавил: ADMIRAL | Теги: grin kard yutib olish, Grin kard, Yangi talablar bilan, grin kart registratsiya, sanasi e’lon qilindi, Green Card, ro'yhatdan o'tish, grin karta haqida, amerikaga ketish | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close