 Dastavval go`zallik salonida bajarilgan kiprik ulatish amaliyoti bugun uy sharoitida ham amalga oshirilmoqda. Sun`iy kiprik ulash, asosan, siyrak, to`kilishga moyil va kiprik qatori ochilib qolgan holatlarda tavsiya etiladi. Maxsus elim bilan yopishtirilgan kipriklar uzoqroq xizmat qilishi esa amaliyotdan keyingi parvarishga bog`liq.
|
 Kuzgi-qishki davrdagi hayot bizni o‘ziga xos muammolarga duch kelishga majbur qiladi. Shamoldan quruqshab qolgan qo‘llarimiz terisi jilvir qog‘ozni eslatadi. Lekin tashvishga tushmang, maxsus parvarishlash yordamida bu muammoni tezda hal qilish mumkin.
|
 Ish, uy, bolalar va yana ish… Fitnesga, mashg‘ulot zallariga borishga vaqtingiz yo‘qmi? Qayg‘urmang! Ushbu mashqlarni qayerda istasangiz va qachon xohlasangiz, bajarishingiz mumkin. 1 hafta o‘tiboq natija sezila boshlaydi.
|
 –16 yoshdaman. Qorachadan kelgan, ozg‘in, o‘rta bo‘yli qizman. Yuz tuzilishim uzunchoq. Ayting-chi, menga qanday ranglar va qaysi uslubdagi liboslar tavsiya etiladi?
|
 –Doim peshonamga sochlarimni tushirib yurganim uchunmi yoki boshqa sababi bormi, yuzimda tuklar ko‘paya boshladi. Bu holatda qanday yo‘l tutishni maslahat berasiz?
|
 Nima deb o`ylaysiz go`zallik borasida gap ketganda ayollar nimadan qo`rqishadi. Albatta, ajinlardan. Baqbaqalardan ham! Ayniqsa, bo`yindagi ajin va baqbaqa ayolning yoshiga yosh qo`shib ko`rsatsa, bundan-da qo`rqinchlisi bo`lmasa kerak. Lekin tashvishlanmang, muammoning echimi bor. Bu haqda to`liqroq kosmetolog Mahbuba MAMANOVA so`zlaydi.
|
 Quyoshda terining kuyishi organizmga jiddiy salbiy oqibatlar keltiradi. Terining kuyishidan kattalar ham, bolalar ham saqlanishi zarur.
1. Issiq mamlakatlarda SPF 15 ko'rsatkichli krem yetarli bo'lmaydi. Himoya ko'rsatkichi yuqoriroq kremdan foydalanish kerak;
2. Muddati o'tgan quyoshdan himoyalovchi kremlarni himoya hususiyati yo'qolganligi tufayli ulardan foydalanmaslik lozim;
|
 Esimda, bolaligimda buvijonim siyrak qoshlarimga o‘smadan ingichka yoysimon chiziq tortib: “Ana, endi qoshlaring o‘sma suviga qonib, qalinlashadi”, derdilar. Bir gal sochlarimga xina, keyingi safar qatiq chaplab qo‘yardilar. Sumalak tayyorlayotganlarida bug‘doy suvidan yuzimizga surtardilar. “Pardoz uchun kimyoviy mahsulotlarni ishlatmanglar, ularning foydasidan zarari ko‘p”, derdilar.
|
 Sochlar salomatligini ularning tabiiy jilvasiga ko‘ra bilish mumkin. Vitamin yetishmasligi, turli zararli bo‘yoqlar, turmaklash kabi holatlar doim ham sochlarimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatavermaydi.
Sochlar “gullashi” va tez to‘kilishi kabi holatlarga ayollar ko‘p duch kelishadi. Uy sharoitida sochlar parvarishi unchalik ko‘p sarf-xarajat talab qilmaydi. Buning uchun birozgina vaqt va hafsala bo‘lsa, kifoya. Ba’zan sochni qo‘l ostingizdagi oddiygina vositalar bilan parvarishlash mumkin.
|
 Bu niqoblarni yuzingizga haftada ikki marta surtib, 15-20 daqiqadan keyin yuvib tashlang. Natijasini ko‘rib, tan berishingiz aniq!
|
|