22:10
Ertangi kun Munajjimlar bashorati 22.09.2019
Ertangi kun Munajjimlar bashorati 22.09.2019

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun ertalab uyqudan uyg'ongach, deyarli har qadamda oyoqlaringiz ostiga ham qarab yurishingiz kerak bo'ladi. Aks holda turtinib yiqilishingiz, oqibatda jiddiy jarohat olishingiz hech gap emas. Kun davomida moliyaviy muvaffaqiyatsizliklar, kimlar bilandir janjallashishingiz va muhim hujjatlarni rasmiylashtirishda xatolarga yo'l qo'yishingiz ehtimoli bor. Kimlardir olis safarga otlanadi. Safar qiziqarli kechadi. Ammo moddiy manfaat keltirmaydi.
 
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
 
22 sentyabr kuni sizga juda katta daromad keltiruvchi ishda hamkorlik taklif etishlari mumkin. Darrov rozi bo'ling. Ozgina tavakkal qilasiz, shunga yarasha moddiy manfaat ko'rasiz. Muhabbatda yolg'izlar uchun ko'plab sirli va tushunarsiz manzaralar yuz ko'rsatishi mumkin. Bo'lg'usi juftingiz bilan munosabatlar mustahkam bo'lishida faqat ochiqchasiga suhbatgina yordam bera oladi. Kechqurun oilalilardan kimgadir birovlar bir dasta pul tutqazishi kutiladi.
 
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
 
Agar xayollaringizni, fantaziyangizni tartibga sola bilsangiz, haqiqiy qahramonga aylanishingiz mumkin. Buning uchun o'zingizni jangovar holatga keltira olishingiz kerak. Ishxonangizda martabangizni oshirish uchun imkoniyatlar keragidan ham ko'p bo'ladi. Ulardan unumli foydalanib qola bilsangiz, sizdan zo'ri bo'lmaydi. Kechqurun kuzning toza havosidan bahra oling. Olloh sizga yor bo'lsin!
 
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
 
22 sentyabrda ko'pchilikka ma'naviy jihatdan foydangiz, yoramingiz tegishi mumkin. Notiqlik san'atingizni ishga soling. Bu ish bitirishda, ayniqsa, moddiy ahvolingizni yaxshilashda asqotadi. Chunki bugun moliyaviy muammolar sizga bo'ysunmaydigan bo'lib turibdi. Demak xuddi o'sha notiqlik san'atingizga suyanishdan bo'lak ilojingiz yo'q. Bugun zararli odatlarni tashlash jarayoni muvaffaqiyatli kechadi.
 
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
 
Kunning birinchi yarmida yaqin o'tmishdagi xotiralar og'ushida bo'lasiz. Lekin u yerda uzoq qolib ketishingiz tavsiya etilmaydi. Ish qolib ketishi mumkin. Mehnat ta'tilida bo'lsangiz, turli tadbirlarda ishtirok etish, mehmonga borish va sayr qilish amallari foyda beradi. Tadbirkorlar kechki payt anchadan beri ortga surilib kelgan foydali shartnomalardan birini muvaffaqiyatli tarzda imzolashadi. Shartnoma qisqa fursatda o'z foydasini bera boshlaydi.
 
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
 
22 sentyabr kuni vaziyat qay holatda bo'lmasin, siz o'zligingizda qolishingiz kerak. Boshqa odamga aylanishni xayolingizga ham keltira ko'rmang. Organizmingiz vitaminlar talab qilyaptimi? Albatta kuz ne'matlaridan to'yguncha yeyishingiz lozim. Xizmat safarlari omadli kechadi. Faqat samolyotda parvoz qilishdan tiyiling. Jarohat olishingiz xavfi bor. Kechqurun eski qadrdonlar haqida yoqimli xabarlar eshitasiz.
 
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
 
Kuningiz kun emas, xuddi poygadagidek o'tishi kutilmoqda. Asosiysi, grafikdan chalg'imasangiz bas. Ishlaringiz albatta unumli bo'ladi. Muhabbatda oilasizlar aldanib qolmaslik uchun sovuqqonroq bo'lishlari lozim. Kechki payt oila a'zolaringizdan biri bilan janjallashib qolishingiz mumkin. Ayrimlar uy ta'miri bilan band bo'ladi.
 
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
 

22 sentyabrda taqdiringizda tub burilishlar kuzatiladi. Faqat nazoratni kuchaytiring. Aks holda muammolar girdobida qolib ketishingiz mumkin. Tadbirkor bo'lsangiz, raqobatchilarga qarshi sovuqqonlik bilan kurash olib boring. Moliyaviy sohada kutilmagan sovg'alar kutiladi. Ular siz kutmagan mahalda kutilmagan tarafdan keladi. Baribir bu jarayon yoqimli kechishiga shubha yo'q. O'zingizni nihoyatda ehtiyotlang.
 
O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)
 
Kuningiz oson kechmaydi. Lekin har jabhada o'zgarishlar yasashingiz uchun qulay imkoniyatlar yetarli bo'ladi. Kun davomida kamchilik, nuqsonlar va zararli odatlarga qarshi shafqatsizlarcha kurash olib borishingizga to'g'ri keladi. Ishxonangizda yaxshi ishlaganlarga mukofotlar ta'sis etiladi. Quvonarlisi, ular orasida siz ham borsiz. Oilasiz bo'lsangiz, o'zingiz uchun bo'lg'usi yor tanlashda ehtiyot bo'ling.
 
TOG' ECHKISI (22. 12 — 19. 01)
 
22 sentyabr kuni tafakkuringizga suyangan holdagina ish olib boring. Bugun his-tuyg'ular aldamchi chiqishi mumkin. Maqsadlarga yetishda sizga faqat tafakkur va qalbingiz yordam bera oladi. Ovqatlanishda hech qanaqangi eksperimentlarga qo'l urmang. Sport mashg'ulotlaridan buguncha voz keching. Salomatligingizni me'yoriy holatda saqlab qolishda passiv hayot tarzi yordam beradi. Bemorlarga xalqona usullar yordamidagi muolajalarga murojaat etmaslik tavsiya etiladi.
 
QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 
Bugun kunni yugur-yugurlar bilan o'tkazishingizga to'g'ri keladi. Ish ko'p bo'ladi. Hammasini bajarib ulgurishingiz kerak. Oilalilarni kun davomida turli sinovlar kutib turadi. Juftingizning sizga bo'lgan shubhalarini yo'qqa chiqarish uchun astoydil ter to'kishingizga to'g'ri keladi. Sayohatga chiqish istagida bo'lganlar bu safarni boshqa kunga qoldirganlari ma'qul. Elektr tokiga ishlaydigan, kesuvchi uskunalar bilan ishlaganda, ehtiyotkorlikni susaytirmang.
 
BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 
Ish bajarishda, atrofdagilar bilan muloqotda bor bilimingizni, tajribangizni, imkoniyatlaringizni ishga sola bilsangiz, yutuq siz tomonda bo'ladi. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingizga shubha nazari bilan boqishdan tiyiling. U sizga sadoqatli. Ishxonadagi hamkasblarga bor iste'doingizni namoyish etishga harakat qiling. Shunda hurmatingiz yanada osha borishiga guvoh bo'lasiz. Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!


Olimjon HAYIT tayyorladi

 Manba
Категория: Antiqa munajjimlar bashorati / burjlar olami | Просмотров: 57 | Добавил: ADMIRAL | Теги: ertaga nima bo'ladi, munajjim bashoratlari, kunlik munajjimlar bashorati, goroskop, Ertangi kun Munajjimlar bashorati 2 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar
close