06:22 Chiroyli qomat sari 4 qadam | |
![]() Ish, uy, bolalar va yana ish… Fitnesga, mashg‘ulot zallariga borishga vaqtingiz yo‘qmi? Qayg‘urmang! Ushbu mashqlarni qayerda istasangiz va qachon xohlasangiz, bajarishingiz mumkin. 1 hafta o‘tiboq natija sezila boshlaydi. 1. Qorindagi yog‘lardan xalos bo‘lamiz! Stul yoki kresloga suyanib o‘tiring. Qo‘llaringizni tekis tutgan holda stulning o‘ng tarafiga qo‘ying. Tizzalarni sekin ko‘taring. Tovonlar poldan 15-20 sm. ko‘tarilsin. Bir necha daqiqa tizzangizni shu holatda ushlab turing. Va yana sekin tushuring. 2. Bo‘ksangiz qomatingizga mos bo‘lishi uchun… ..liftni esingizdan chiqaring. Iloji boricha zinalardan tushib-chiqing. Oyoqlar chigilni yozamiz! Ishxonada, jamoat transportida, oshxonada, televizor qarshisida umuman qayerda bo‘lsa ham, qanday oyoq kiyimda bo‘lsa ham, bu mashqni bajara olasiz. Avval oyoq uchini ko‘taring, so‘ng tovonni navbatma-navbat ko‘tarib tushuring. Oyoqlaringiz tolmagunicha mashqni takrorlayvering. Bu mashq nafaqat oyoqlarni go‘zallashtiradi, balki varikozning ham oldini oladi.
Qomatingizni tik tuting, yelkalarni orqaga to kuraklar bir-biriga tekkanini his qilguningizcha ushlab turing, boshingizni yuqoriga ko‘taring-da, to‘g‘riga qarab yuring. Boshida bunday yurish sizga qiyinlik tug‘dirishi mumkin, ammo keyinchalik ko‘nikasiz. Manba | |
|
O'xshash Yangiliklar
Всего комментариев: 0 | |
| |