22:50
Bu bor gap (Ota Onalar uchun)
Bu bor gap (Ota Onalar uchun)

Bugun oramizda turmush tashvishlarini ro‘kach qilib, farzandlari tarbiyasiga panja orasidan qarayotgan insonlar yo‘q emas.

Dilbandlarimizning yurish-turishi, ularning ruhiyatida kuzatilayotgan salbiy o‘zgarishlar ham tarbiya atalmish hayot-mamot masalasiga sust yondashayotganimizning “mevasi”dir.

Quyidagi fikrlar orqali oilada o‘g‘il-qizlaringiz bilan muomalada yo‘l qo‘yayotgan xato va kamchiliklaringizni bilib olasiz. Bu esa siz uchun foydadan xoli bo‘lmaydi, albatta.

 

  • Farzandingiz tortinchoqmi, demak siz uni kam quchoqlab, kam o‘pasiz.
  • Farzandingiz o‘ziga ishonmayaptimi, demak siz uni shijoatlantirmaysiz.
  • Farzandingiz boshqalarga tajovuz qilyaptimi, demak siz unga qaysarlik qilasiz.
  • Farzandingiz boshqalarni hurmat qilmayaptimi, demak siz unga ko‘p baqirasiz.
  • Farzandingiz o‘g‘irlik qildimi, demak siz unga narsa berishda uquvsizlik qilgansiz.
  • Farzandingiz baxilmi, demak siz u bilan sheriklik ishini bee’tibor qoldirgansiz.
  • Farzandingiz zaifmi, demak siz unga ko‘p tahdid qilasiz.
  • Farzandingiz doimo g‘azablanadigan bo‘lib qolganmi, demak siz uni maqtamay qo‘ygansiz.
  • Farzandingiz qo‘rqoqmi, demak siz uni haddan ziyod ko‘p himoya qilasiz.
  • Farzandingiz sizga itoat qilmayaptimi, demak siz undan ko‘p narsa talab qilib yuboryapsiz.
  • Farzandingiz yolg‘on gapiryaptimi, demak siz uni ko‘p tergayapsiz.
  • Farzandingiz gapirishda no‘noqmi, demak siz u bilan kam gaplashasiz.

Aziz ota-onalar, dilbandlaringiz tarbiyasida e’tiborli bo‘ling!

Abror Muxtor Aliy

 Manba
Категория: Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi | Просмотров: 1616 | Добавил: ADMIRAL | Теги: maslahatlar, farzand tarbiyasi, foydali malumotlar, yangi maqolalar, farzandni tarbiyalash, bolalar salomatligi, bor gap, ota onalarga maslahatlar | Рейтинг: 5.0/11

O'xshash Yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
close