14:11
Bolani qanday holatlarda urishish kerak emas?
Bolani qanday holatlarda urishish kerak emas?

Bola hali durustroq gapirishni o‘rganmagan bo‘lsa-da, ota-onasiga bor kuchi bilan ularni qanchalik yaxshi ko‘rishini ko‘rsatishga urinadi. Ba’zan o‘z mehrini namoyon qilishi ko‘proq injiqliklar va sho‘xliklarga o‘xshasa-da, baribir bunday hollarda bolani urishish kerak emas. Gap qanday holatlar haqida borayotganini maqolani o‘qib bilib olasiz.

Vaqtni cho‘zadi

Siz ishga kechikyapsiz, farzandingiz esa ataylab qilgandek, sekin kiyinadi, yo‘lda sevimli o‘yinchog‘ini uyda unutib qoldirgani yodiga tushadi, ko‘chada tosh yoki gullarni teradi va daqiqasiga millionlab savol beradi. Tanish manzara, shunday emasmi?

Bunday vaziyatlarda bolalar hozirgi lahza bilan yashashini, ular hozircha daqiqalar va vaqt hissiyoti haqida aniq tasavvurga ega emasligini eslang. Ammo ular hozir onasi shu yerda ekanligini, tezda esa o‘z ishlarini bajarishga ketib qolishini tushunadi va bor kuchi bilan ayriliqni keyinga qoldirishga urinadi.

Qochib ketadi va bekinib oladi

Siz boladan yuz marta bunday qilmaslikni so‘ragan bo‘lsangiz ham, ko‘chada, ayniqsa, mashina qatnaydigan yo‘l yaqinida u kundan-kunga siz bilan ko‘proq quvlashmachoq o‘ynaydi. Bunday xatti-harakat ham katta mehr-muhabbat belgisi, u bola sizga ishonishini bildiradi. Bola u qayerda bo‘lmasin, onasi doim uni quvib yetishi, topishi va himoya qilishini his etadi.

Ovqatni sochadi

Farzandingiz ovqatlanish vaqtida taomni yeyishdan ko‘ra ko‘proq uni o‘ziga va buyumlarga ishqalayotgan, otib-sochayotgan vaqtda miyangizga darrov uni urishib, ovqat bilan o‘ynashni qat’iyan taqiqlab qo‘yish fikri keladi.

Ammo aynan shu yoshda bola olamni faol tadqiq qilishni boshlaydi, taomlar bilan eksperimentlar esa o‘z qiziquvchanligi va hayotga qiziqishini bildirish usullaridan biri. Ushbu ilk hayratni bosish mumkin, biroq keyin ulg‘aygan farzandingiz hech narsaga qiziqmay qolganiga hayron bo‘lmang.

Devorlarga chizadi

Bola nima uchun alьbomga chizish yaxshi-yu, xuddi shunday oppoq devorga chizish jazoga olib kelishini tushunmaydi. Agar siz yetarlicha qattiqqo‘l bo‘lsangiz, vaqt o‘tishi bilan bola saboqni o‘zlashtiradi va butun umr bo‘yicha shablonli qulay xulqni mustahkamlab oladi. Albatta, bola o‘zi xohlagan har qanday ishni har joyda va hamma vaqtda qilish mumkin emasligini tushunishi kerak, ammo ichki erkinlikni saqlab qolish u uchun juda muhim. Shuning uchun hech bo‘lmasa ba’zan-ba’zan bolaga kichik ijodiy eksperimentlar uchun ruxsat bering.

 Manba
Категория: Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi | Просмотров: 1385 | Добавил: ADMIRAL | Теги: bolani tarbiya qilish, erkaklar uchun, ayollarga, chaqaloqlar, farzand tarbiyasi, ota onalarga maslahatlar, bolalar tarbiyasi, foydali maslahatlar | Рейтинг: 5.0/3

O'xshash Yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
close