06:28 Bolalikdan nogironlarning onalari 50 yoshdan pensiyaga chiqishi mumkinmi? | |
![]() SAVOL: Men bolalikdan nogiron bo‘lgan, doimiy parvarishga muhtoj ikki nafar farzandimni parvarishlab kelmoqdaman. Menga nogiron bolalarimga qaraganligim uchun 50 yoshdan nafaqaga chiqish mumkinmi? Ashirjon Nasrullayeva JAVOB: Ha. «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonunida Bolalikdan nogiron bolalarning onalariga imtiyozlar belgilangan. Qonunning 12-moddasiga ko‘ra, agar bolalikdan nogiron farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan bo‘lsa — ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda, ya’ni 50 yoshda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. Savollarga huquqshunos Mirzohid Shoqalamov javob berdi. Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega. Manba | |
|
O'xshash Yangiliklar
Всего комментариев: 0 | |
|
|