20:23
Bavosil kasalligini uy sharoitida davolash yo‘llari
Bavosil kasalligini uy sharoitida davolash yo‘llari

Bavosil (gemorroy)ni shohlarning kasali, deyishadi. Chunki bu dard kamharakatlik, bir joyda uzoq o‘tirish va ich qotishi tufayli qattiq kuchanish oqibatida paydo bo‘ladi. Tibbiyotda bavosil ikki usulda davolanadi: dori vositalari va jarrohlik yo‘li bilan. Ammo xalq tabobatida salomatlikka jiddiy zarar keltiradigan va bemorga ko‘pgina noqulayliklar tug‘diradigan ushbu xastalikni davolash usullari talaygina.

Bavosil qanday xastalik?

Har bir odamningnajas chiqarish yo‘lida gemorroidal tugunchalar bo‘ladi. Shu joydagi vena tomirlarida qon turib qolishi oqibatida tugunchalar o‘z o‘rnini o‘zgartirib, tashqariga chiqib qoladi va shisha boshlaydi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, har kim ham bavosil bilan og‘rishi mumkin.

Bemorlarga tavsiyalar

  • ich qotishining oldini oling;
  • spirtli ichimliklar, pivo, sho‘r, achchiq va ziravorli mahsulotlardan tiyiling;
  • tanangizning beldan pastki qismi shamollamasligiga e’tibor bering;
  • uzoq vaqt yurish va tik turishdan qoching;
  • hech qachon muzdek joyga, ayniqsa, muzdek metall ustiga o‘tirmang;
  • hojatxona qog‘ozidan foydalanmang, orqa teshikni suv bilan yuving;
  • har hafta kechki uyqudan avval huqna qiling.

Foydasbor!

  • Xom kartoshkadan jimjiloqdek shamcha yo‘nib olib, orqa teshikka qo‘yish kerak. Uni kun davomida ushlab turish ham mumkin. Yurishga xalaqit bermaydi. Agar har kuni bir-ikki marta shu muolaja qilinsa, bavosil bir necha kunda o‘tib ketadi.
  • Sarimsoq bo‘lakchalaridan maydaroqlarini butun-butun yutish lozim. Sarimsoq oshqozonda hazm bo‘lmay, ichakka tushadi va axlatga aralashib chiqib ketish jarayonida orqa ichakdagi yoriqlarni davolaydi.
  • Bavosilni asal bilan ham davolash mumkin. Qotgan asaldan shamcha o‘yib olib, orqa teshikka kirgiziladi. U ichakda erib, hamma bakteriya va mikroblarni o‘ldiradi va yallig‘lanishga barham beradi.
  • Xom kartoshka yoki lavlagi sharbatini siqib olib, paxtadan yasalgan tamponni shu sharbatga botirasiz va bavosil shishlariga qo‘yasiz. Bu og‘riqni qoldirib, yallig‘lanish jarayonlarini to‘xtatadi.

Ibn Sino deydiki

•Behi urug‘i bilan uzum sharbatining qaynatmasi kamqonlikda, ichburug‘da, bavosil kasalliklarini davolashda yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.

•Bavosil illatida piyoz suviga paxtani to‘yintirib, 10 kun 2 mahaldan bog‘lab yurilsa, foyda qiladi. Parhezi: xamirli, qovurma ovqatlar, no‘xat, loviya, achchiq va sho‘r taomlarni to‘liq tuzalguncha yemaslik kerak, jinsiy aloqa to‘xtatib turiladi.

•Zulukni quritib, tuyib, asal bilan qo‘shib qo‘yilsa, bavosil yarasini quritadi. Bu 5-8 marta takrorlansa, kasallik yo‘q bo‘lib ketadi.

•Har kuni nahorda bir piyola echki sutidan tayyorlangan qatiq zardobidan ichish lozim. Shunda bavosil tezda barham topadi.

•Qora tut daraxtining shoxchasini maydalab, kukun holiga keltirib, bavosilga qo‘yilsa, og‘riq qoladi.

 Manba
Категория: Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari | Просмотров: 1489 | Добавил: ADMIRAL | Теги: bavosil haqida, bavosil xavfi, salomatlik sirlari, bavosilni davosi bormi, bavosil qanday kasallik, bavosilni tuzatish, bavosil kasalini davolash | Рейтинг: 5.0/11

O'xshash Yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
close