00:18
Apple kompaniyasiga ishga kirayotganlarga bo'ladigan suxbatda ajabtovur savollar
Apple kompaniyasiga ishga kirayotganlarga bo'ladigan suxbatda ajabtovur savollar
1.     “8 yoshli bolaga modem/router nimaligini, uning vazifasini tushuntirib bering.” — Uy uchun elektron qurilmalar maslahat xizmati mutaxassisi nomzodiga.
2.     “Tasavvur qiling qo‘lingizda 2 ta tuxum bor. Ularni nechanchi qavatgacha balandlikdan va qanday qilib sindirmasdan pastga uloqtira olasiz? Buning optimal yechimi qanday?” — Dasturiy ta’minot injiniri nomzodiga.
3.     “Biror qiziqarli muammoni va uning yechimini gapirib bering.” — Dasturiy ta’minot injiniri nomzodiga.
4.     “Yer yuzida har kuni qancha bola dunyoga keladi?” — Xalqaro ta’minot menejeri nomzodiga.
5.     “O’zingizni tasvirlab bering, sizni nima ko‘proq hayajonga soladi?” — Dasturiy ta’minot injiniri nomzodiga.
6.     “Uchta quti bor. Birida olma, boshqasida apelsin, uchinchisida esa olma va apelsin bor. Ammo ularga xato yorliq yopishtirilgan. Deylik, olma mavjud qutiga apelsin yorlig‘i yopishtirilgan. Sizga ulardan birini ochib beramiz va siz unga mo‘ralamasdan turib, undan mevani olasiz. Shu mevaga qarab turib, qanday qilib boshqa qutilarda qaysi meva borligini aniq aytib bera olasiz?” — Dasturiy ta’minot injiniri nomzodiga.
7.     “Stsenariy: Tasavvur qiling, siz 20 daqiqa kutib, asabiylashib, qiy-chuv ko‘tarishga shaylanib turgan xaridor bilan yuzma-yuz turibsiz va u sizga hozir do‘kondan chiqib ketib, bizga raqib bo‘lgan brendlarning kompyuterini sotib olmoqchiligini aytadi. Siz vaziyatni yumshatib, xaridorni olib qolish masalasini hal qiling.” — Mijozlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis.
8.     “Nima deb o‘ylaysiz, siz dono odammisiz?” — Dasturiy ta’minot injiniri nomzodiga.
9.     “Muvaffaqiyatsizliklaringiz va ulardan chiqargan sabog‘ingiz haqida gapirib bering?” — Dasturiy ta’minot menejeri nomzodiga.
10.  “Biror marta rahbar qaroriga qarshi chiqqanmisiz? Buni qanday tushuntirgansiz? Misollar bilan gapirib bering.” — Dasturiy ta’minot injiniri nomzodiga.
11.  “Hayotingizda qilgan, sizni faxr-g‘ururga to‘ldiradigan biror ishingiz haqida gapirib bering.” — Dasturiy injiniring menejeri nomzodiga.
12.  “Sizni nima sababdan ishga olishimiz kerak?” — Bosh dasturiy ta’minot injiniringi nomzodiga.
13.  “Xaridorlar muammosini hal qilgan yaxshimi yoki xaridorlarga yaxshi xizmat ko‘rsatishni rivojlantirgan yaxshimi?” — Mijozlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi nomzodiga.
14.  “Siz ijobiy fe’l-atvorli odamga o‘xshaysiz. Bu hayotda nima sizning kayfiyatingizni buza olishi mumkin?” — Oilalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutaxassisi.
15.  “Sizni bugun bu yerga nima boshlab keldi?” — Dasturiy ta’minot injiniri nomzodiga.
16.  “So‘nggi 4 yildagi eng yaxshi kuningizni ayting. Shuningdek, eng noxush kunni ham.” — Injiniring loyihalashtirish menejeri nomzodiga.
17.  “Apple jamoasiga qo‘shilishdan maqsad nima? Agar sizni ishga yollasak ayni paytdagi ishingizda nimani yo‘qotasiz? — Axborot texnologiyalari mutaxassisi nomzodiga.
18.  “Keyingi 5 yildagi rejalaringizni o‘rtoqlashing.” — Dasturiy ta’minot injiniri nomzodiga.
Business Insider nashridan olindi.
 
 Manba
Категория: Antiqa tehnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi | Просмотров: 1262 | Добавил: ADMIRAL | Рейтинг: 5.0/7
Всего комментариев: 0
avatar
close