Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer 2020-yilning birinchi yarmida WBA chempioni Menni Pakyao bilan boʻladigan jang haqida qizgʻin bosh qotirmoqda.
Bu haqda DEF Promotions kompaniyasi rahbari Jay Lau maʼlum qildi.
Yevropa Chempionlar Ligasida 2-tur o‘yinlari boshlandi. O‘z maydonida Belgiyaning «Bryugge» klubini qabul qilgan «Real» 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Birinchi bo‘limda madridliklar 0:2 hisobida ortda borishayotgandi, ammo ikkinchi bo‘limda ikkita gol urib mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi.
Ule-Gunnar Sulsher «Manchester Yunayted» bilan uch yillik shartnomaga imzo chekkaniga hali ko‘p vaqt o‘tmadi, shunga qaramay klub rahbarlari «PSJ» bosh murabbiyi Tomas Tuxelni olib kelish niyatida, deb yozmoqda fransuz ommaviy axborot vositalari.
Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichi 1-tur o‘yinlari davom ettirildi.
«Real» «PSJ» mehmoni bo‘lib, yirik mag‘lubiyatga uchradi. Qizig‘i, «qaymoqranglilar» darvozasiga klubning sobiq futbolchisi Anxel Di Mariya 2 ta gol kiritdi.
Angliya chempionati 36-tur markaziy o`yinida “Arsenal” jamoasi o`z maydonida “Manchester Yunayted” futbolchilarini qabul qildi.
Anchagina qiziqarli kechgan o`yinda “to`pchilar” 2:0 hisobida g`alaba qozondi. Uchrashuvning 54-daqiqasida Granit Jaka hisobni ochgan bo`lsa, 3 daqiqadan keyin Danni Uelbek hisobni oshirdi.
Italiya chempionati 25-turida “Yuventus” jamoasi o`z maydonida “Palermo” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.
Gollarga boy kechgan o`yinda turinliklar 4:1 hisobida zafar quchdi. Paulo Dibala dubl qayd etgan bo`lsa, Markizio va Iguain bittadan gol kiritishdi. “Palermo”dan Chochekv bitta golga mualliflik qildi.