 Inson tanlovi u haqida ko‘p narsalar aytishi mumkin (ayniqsa qaror darhol qilinishi kerak bo‘lgan qiyin vaziyatlarda).
Biz sizga shaxs haqida barcha haqiqatni aytib beradigan qisqa testdan o‘tishga taklif etamiz. Qilish kerak bo‘lgan narsa – boshqalardan ko‘ra kim ko‘proq yordamga muhtoj ekanligini tanlashdir.
|
 Shunchaki eshiklardan birini tanlang va qalbingiz ixtiyor etgan yo`l fe`l-atvoringiz haqida qanchalik to`g`ri ma`lumot berishini bilib oling.
|
 Turmushinigizda o‘zaro muvofiqlik bor-yo‘qligini quyidagi test orqali bilib olishingiz mumkin. Savollarga javob berib, o‘zingiz va oilangiz haqida yangi-yangi ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
Ijobiy javoblarga 1 balldan qo‘yib borasiz.
- Uyingizga eringizning qarindoshlari kelsa, hamisha xursand bo‘lib kutasiz?
- Birga hordiq chiqargan damlarni haqiqiy dam olish deb hisoblaysiz?
|
 Numerologiya va astrologiya haqidagi bilimlardan foydalanib, sevgan insoningiz bilan qanday juftlik ekanligingizga oydinlik kiritish mumkin. Buning uchun ikkingizning ham tug‘ilgan sanalaringizni maxsus usulda hisoblashning o‘zi kifoya.
|
 1-gul. Nazokatli ayollar toifasiga kirish bilan birga, e’tiborni o‘zingizga torta oluvchilardansiz. Qaerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, doim e’tiborni jalb eta olasiz va muhokama markaziga ham aylanasiz. Bu sizni hech tashvishga solmaydi. Atrofdagilarning tanqidlari sizni qiziqtirmaydi va ularning sizga bergan bahosi ham muhim ahamiyatga ega emas.
|
 Bolalar tarbiyasida ota-onaning o‘rni alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Ular bolaning bosh “loyihachisi”, “ixtirochisi”, “quruvchisi” hisoblanadi. Shunday ekan, shaxsni vujudga keltirishdek mas’uliyatli va murakkab vazifani nechog‘li muvaffaqiyatli tarzda uddalayotganingizni bilishingiz juda muhim. Berilgan savollarga diqqat qilib ko‘ring-a. Ularga samimiy javob topa olasizmi? Bu test sizning ota-ona sifatida tasavvuringizni to‘ldirishda, bola tarbiyasi muammosi haqida aniq xulosa chiqara olishingizda ko‘maklashadi, deb o‘ylaymiz.
|
 Yuzingiz oval shaklida bo‘lsa, ta’sirchan, o‘z dunyoqarashiga ega, bag‘rikeng va optimistsiz. har bir ishga mantiqan yondoshganingiz va aniq maqsad intilganingiz sabab karera pog‘onalarida tez ildamlaysiz. Agar biror ish rejangizdagidek bo‘lmasa, jahl otiga minmang. Atrofdagilarga ham imkon berishni o‘rganing.
|
 Bir parcha qog‘ozdagi yozuv biz haqimizda nimani anglatishi mumkin, deb o‘ylarsiz? Grafologiya, ya’ni insonning husnixatiga qarab uning xarakterini bilish nazariyasi orqali qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
So‘zlar orasida bo‘sh kataklar ko‘p bo‘lsa, yozuv sohib yoki sohibasi o‘zini yolg‘iz his qilyapti.
Tartibsiz yozuvlar – turmushini nazorat qila olmaslik.
Katta harflar – tartibsizlik.
|
 Suhbatdoshingiz yuzining peshona qismi uning butun hayot yo‘lini aks ettiradi va intellektual hamda ma’naviy-madaniy, ruhiy dunyoqarashini belgilaydi. Shuning uchun xalqda «peshonang yorug‘ bo‘lsin», «peshonangdagini ko‘rasan» kabi iboralar bejiz ishlatilmagan. Bu iboralar Xitoy hamda Yapon fiziognomikasi bilan O’rta Osiyo fiziognomikasi o‘zaro bog‘lanib ketganini ko‘rsatadi.
|
 Qadimgi Sharqning barcha tabiblari (Hindiston, Xitoy, O’rta Osiyo) yuzni o‘qish san’atini (fiziognomika) puxta egallaganlar. Bu, ayniqsa, xastaliklarni aniqlashda qo‘l kelib, kasallik bemor yuz rangi va suyak tuzilishiga qarab aniqlanar edi. Yuz rangi har birimizda sog‘liq barometri va ichki ruhiy tuyg‘ular ko‘zgusidir.
|
|