10:43
Ahad qayum biografiyasi (Hayoti va ijodi haqida)
Ahad qayum biografiyasi (Hayoti va ijodi haqida)
Ahad Qayum... Bu ismni eshitganimizda ko`z oldimizda serqirra ijodkor, bugungi kun yoshlari orasida tez-tez tilga olinadigan shoirlik, aktyorlik, prodyusserlik, dizaynerlik va ijodning yana ko`plab yo`nalishlarida o`zini sinab ko`rayotgan shijoatkor inson gavdalanadi.
Ahad Qayum 1987-yil 15-iyunda Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi Denov qishlog`ida tug`ilgan.
Yoshligidan matematik bo`lishni orzu qilgan Ahad, kutilmaganda so`z sehrining maftuniga aylanadi. "Garchi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida (TATU) matematika hamda fizika yo`nalishi bo`yicha tahsil olgan bo`lsamda, ijod olamidagi ilk odimimni aktyorlik orzusida boshlaganman" deydi ijodkor. Ammo kino sinovlardagi ketma-ket omadsizlik uning qalbida umidsizlik uyg`ota boshladi va u qo'liga qalam tutib, o`zini ijodning boshqa bir yo`nalishi - she`riyatda sinab ko`rishga qaror qildi. "Mening taqdirim, omadim, haqiqiy baxtim she`rga bog`langanidan benihoya xursandman" deydi u.
  Uning she`rlari shu darajada tez mashhur bo`lib ketdiki, bunga ko`pchilik shubha ko`zi bilan qaray boshladi. Har bir she`ri taqdirining unga tayyorlab qo`ygan imtixonida toblanib o`quvchilari tomon yo`l oldi. Faqatgina ota-onam, ustozlarimning duolari va ishonchi, shuningdek muxlislarimning mehru-muhabbati meni ijod maydonida saqlab qoldi" deydi shoir.
  Ahad Qayumning qisqa vaqt mobaynida bir qator kitoblari nashr etilganligi esa uning yaqinlari uchun kutilganidanda ziyoda quvonch olib keldi. Kitoblarida ezgulik, do`stlik, Vatanga, ota-onaga bo`lgan cheksiz ehtirom, yorga muhabbatni yozadi. "Yana sogìndim, yana", "Sinishimni sogìndi kimlar", "Yig`lama, o`zimning farishtaginam", "Begim demang begoyim", "So`nggi qo`ngìroq", "Yolgìzman", "Otamga o`xsha o`g`lim", "Vaqt yoxud Ko'ngil kaliti", "Meni yig`latma, hayot", Äldangan qiz", "Sevgidan kechmaydilar", "Qizmi bu, kiyikmi bu?!", "Ismsiz dardlarim", "O`n sakkizda edim o`shanda", "Ikki dushmani bor erkak kishini", "Jiyda gulim", "Yolgìz ayol", "Ey inson, ko`zingni och", "Oqibatli bo`ling, odamlar", "Yulduzim mening", "Onalar madhi", "Ayriliq kitobin tuzgan maktublar", "Ey do`st", "Qofiyaga sig`magan qaydlar", "Chiroyligim", "Xayr, bevafo", "Meni kechir, xato qildim meni kechir" kabi kitoblari o`quvchilar e`tiboriga havola etildi.
  Biroq, aktyorlik, modelyerlik va boshlovchilikka bo`lgan havas uni bir lahzaga ham tinch qo`ymadi. U o`z ustida tinmay ishlardi, harakat, g`ayrat, mehnat va muhabbat uning yo`lchi yulduziga aylandi. U birin-ketin bir nechta film va kliplarda rollar ijro etdi. "Men baribir qachondir eng yaxshi rollarimni yaratishimga ishonaman. Rejissorlar nazariga tushish uchun 15 yil harakat qildim va hech qachon ortga qaytishni istamayman" deydi Ahad Qayum.
  Yoshlar Vatan otliq muazzam bog`ning nihollaridir. Bu nihollarning Ona tuproq qa`rida mustahkam ildizi, boshi uzra mehribon quyoshi bor. Demakki, sahovatli zaminda ularning nasibasi bisyor.
  Tilagimiz Ahad Qayum qalbidan yog`ilayotgan, qalamidan sochilayotgan so`z uzoq yillar davomida umrlarga nahoriy tiniqligu, bahoriy iliqlik olib kelsin!
  Ijodkor misoli ila aytganda:
Yo`lim to`g`ri bo`lsa, otam yo`liday,
Dilim to`g`ri bo`lsa, onam diliday.
Yuzim yorug` bo`lsa, ular yuziday,
Umrim yorug`bo`lsa, ular umriday.
 Manba
Категория: Antiqa yulduzlar biografiyasi / sanatkorlar haqida | Просмотров: 6194 | Добавил: ADMIRAL | Теги: ahad qayum sherlari, ahad qayum hayoti va ijodi, shoir ahad qayum haqida, ahad qayum biografiyasi, ahad qayum she'ri haqida, sanatkor, ahad qayumov | Рейтинг: 5.0/17

O'xshash Yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
close