12:52
Aflotunning Sharqda ma’lum va mashhur fikrlaridan namunalar
Aflotunning Sharqda ma’lum va mashhur fikrlaridan namunalar

Platon (mil.avv. 427-347) — qadimgi yunon faylasufi, olim va siyosatshunos. Sharqda «Aflotun» nomi bilan mashhur olim Afinada tavallud topgan. Platon metafizika, epistemologiya, etika, estetika, siyosat, ta’lim, falsa va matematikaga oid yuzdan ziyod asarlar yozgan. O‘zini Suqrot, Arximed va Pifagorlarning shogirdi deb bilgan. Platon asarlari ko‘p tillaraga tarjima qilingan, ularga sharhlar yozilgan. Uning “Davlat” asariga bobomiz Abu Ali ibn Sino sharh yozgan.

Platonning mashhur fikrlari:

Idrok – qalbning o‘zi bilan suhbatidir.

***

G‘oliblik shukuhi jangning maqsadi bilan hisoblashadi. Eng og‘ir va zafarli g‘alaba – bu kishining avvalo o‘z ustidan qozongan g‘alabasidir.

***

Yomon xizmatkordan yaxshi xo‘jayin chiqmaydi.

***

Quruvchilar aytganidek, katta toshni maydalamasang yaxshi joylashmaydi.

***

Biz qorong‘ilikdan cho‘chiydigan bolani bir zumda kechiramiz. Hayotdagi eng katta fojia – bu odamning yorug‘likdan qo‘rqishidir.

***

Yo‘lingda uchragan har bir kishiga mehr berish – eng og‘ir jangda bo‘lish bilan barobar.

***

Ahmoq bo‘la turib mulohaza qilayotgan bo‘lib ko‘rinish –  nohaqlikning eng yuqori cho‘qqisidir.

***

Siyosatga yaqinlashish uchun qilingan qarorga berilgan eng og‘ir jazo – bu o‘zingdan ojizlarga tobe bo‘lishdir.

***

U xoh davlatda yoki xoh har bir shaxsda bo‘lmasin, me’yoridan oshgan erkinlik oxir-oqibat qullikka sabab bo‘ladi.

***

Yaratgandan ko‘ra bandasini rozi qilish mushkul bo‘lib qoldi.

***

Hukumat boshliqlariga mamlakatda yoki o‘zga yurtda yolg‘on gapirishga imtiyoz berilishi kerak. Faqqatgina davlatning rivoji uchun.

***

Nohaqlik qilgan odam nohaqlik ko‘rgan odamdan ham qashshoqroqdir.

***

Inson fe’l-atvori quyidagi uch narsada namoyon bo‘ladi: ehtiyoj, hissiyot va bilim.

***

Yaxshi fazilat harakatimiz, yoshimiz va qilgan ishlarimiz bilan chog‘ishtiriladi.

***

Eng ablah kishi bo‘lishdan qo‘rqqan odam eng yaxshi odam ham bo‘la olmaydi.

***

Biror kishi haqida tezroq va yaxshiroq bilish uchun u bilan bir yillik suhbatdan ko‘ra, bir soat biror o‘yin o‘ynalsa kifoya.

***

Dono nimanidir aytish uchun gapiradi. Nimadir deyishi kerakligi uchun nodon vaysaydi.

***

Tokim anglanmas ekan, qonun yoki farmoyishning qudrati namoyon bo‘lmaydi.

***

Shoirlar o‘zlari tushunmagan holda buyuk va dono narsalar haqida yozadilar.

***

Ingliz tilidan Shuhrat Sattorov tarjimasi

Manba: erkak.uz

 Manba
Категория: Tarixga nazar / tarix haqida / afsona | Просмотров: 2496 | Добавил: ADMIRAL | Теги: ajoyib, antiqa.uz, tarix haqida malumotlar, jaxon tarixi haqida, qiziq, tarixga nazar, ensiklopediya, falsafa, yangiliklar, o'zbekiston tarixi | Рейтинг: 5.0/9

O'xshash Yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
close