14:29
Adobe Photoshop yuz ko‘rinishlarini o‘zgartirishni o‘rgandi
Adobe Photoshop yuz ko‘rinishlarini o‘zgartirishni o‘rgandi

Adobe kompaniyasi Photoshop CC 2015.15 ga bir necha sezilarli, jumladan, yuz ko‘rinishlarini o‘zgartirish imkonini beruvchi funksiyalar qo‘shadigan yangilangan Creative Cloud platfortmasini chiqardi. Bu haqda Pixland xabar bermoqda.

Photoshop’da Face-Aware Liquify funksiyasi — Liquify (“Plastika”) yangilangan versiyasi paydo bo‘ldi. U tasvirlarda insonlarning qiyofasini avtomatik payqaydi va ularni kompyuter o‘yinlaridagi kabi tahrir qiladi. Masalan, dastur interfeysi yordamida tabassumni o‘nglash, ko‘z joylashuvini o‘zgartirish yoki iyakni uchliroq qilish mumkin.

2246e99088d414896f5107b348a03aec-680x357

Fotosuratchilar oldin ham bunday tahrir bilan muntazam shug‘ullangan, biroq endi undan birinchi bor avtomatik tartibda foydalansa bo‘ladi.

f7e93de8ce4ed401805f638e4adee30c-680x383

Photoshop yangi versiyasida tasvirlarning yetishmayotgan qismlarini avtomatik to‘ldiradigan Content-Aware Crop funksiyasi ham paydo bo‘ldi.

Nihoyat fotoredaktor tasvirlardagi shriftlarni tanishni o‘rgandi. U endi tarmoqdagi boshqa shriftlar yoki foydalanuvchi kutubxonasidagi shunga o‘xshash shriftlarni qo‘llashni tavsiya qiladi.

68857fdb2d16d77f5e6718f7bc27713d-680x384

 Manba
Категория: Fotoshop darslari / photoshop darslari / fotoshopni o'rganamiz | Просмотров: 2045 | Добавил: ADMIRAL | Теги: organamiz, darsliklar, photoshop, kompyuter, uroklar, dars, darslar | Рейтинг: 5.0/14

O'xshash Yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
close