15:17
5 xil blinchik tayyorlashni o'rganamiz
5 xil blinchik tayyorlashni o'rganamiz

Qo‘ziqorinli

300 gr shampinon qo‘ziqorinini qaynatib, bitta to‘g‘ralgan piyoz bilan o‘simlik yog‘ida qovuring. Ezg‘ilangan ikkita sarimsoq piyoz, 2 osh qoshiq smetana va 50 gr. qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq bilan aralashtirib, tuz namagini sozlab oling. Nachinkani tayyor blinchiliklar ichiga solib, o‘rab chiqing. Dasturhonga tortishda yuzasiga smetana bilan bezashingiz mumkin.

Baliqdan

To‘rtburchak shakda to‘g‘ralgan 150 gr.baliq filesi hamda 2 dona qaynatilgan tuxumni, 50 gr.mayonez, bir bog‘ shivit hamda maydalab kesilgan 2 ta tuzlangan bodring bilan aralashtiring. Tabga ko‘ra, murch qo‘shing. So‘ng blinchikni o‘rashda foydalanishingiz mumkin

Guruchli

50 gr qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqqa 2 dona qaynatilgan tuxumni to‘rtburchak shaklda to‘g‘rab soling. Masalliqqa 100 gr.qaynatilgan guruch, mayda to‘g‘ralgan yarim bog‘ kashnich va shivit, 2 osh qoshiq smetana, tuz va murchni aralashtiring. Nachinka tayyor bo‘lgach, blinchiklarni o‘rash mumkin. Dasturxonga tortishda pomidor va bodring bilan bezatish mumkin.

Mevalardan

2 ta olma, bittadan banan va apelsinni to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang. 2 osh qoshiq qaymoq qo‘shing. 1 choy qoshiq asal, pichoq uchida dolchin ziravori hamda ta’bga ko‘ra vanilinni solib, aralashtiring. Blinchiklarni nachinka bilan to‘ldirib, likopchaga terasiz. Yuzasini qaymoq yoki meva jemi bilan bezatib, dasturxonga tortiq etishingiz mumkin.

Tovuq go‘shtili

300 gr.qaynatilgan tovuqni maydalab to‘g‘rang. Paraklangan bitta piyoz bilan o‘simlik yog‘ida qizartirib oling. Tuz va murch qo‘shib, ta’mini sozlang. So‘ng blinchiklarni o‘rashda foydalanasiz.

 Manba
Категория: Antiqa pishiriqlar / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi | Просмотров: 4572 | Добавил: ADMIRAL | Теги: ayollar oshxonasi, pishiriqlar, ovqat, pazandalikni o'rganish, taomlar qilish, pazandalik sirlari, shirinliklar tayyorlash, 5 xil blinchik pishirish | Рейтинг: 5.0/10

O'xshash Yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
close