МЕНЮ САЙТА
Подбор по параметрам
200
Популярные стихи и рассказы
Читайте информацию
Наш вопрос
Bizning sayt sizga yoqdimi?
Barcha javoblar: 159
Счетчик
Statok.net
Онлайн всего: 47
Гостей: 47
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Декабрь » 6 » Ulama kiprikni to'g'ri parvarishlash uchun bir talay maslahatlar
Ulama kiprikni to'g'ri parvarishlash uchun bir talay maslahatlar

Dastavval go`zallik salonida bajarilgan kiprik ulatish amaliyoti bugun uy sharoitida ham amalga oshirilmoqda. Sun`iy kiprik ulash, asosan, siyrak, to`kilishga moyil va kiprik qatori ochilib qolgan holatlarda tavsiya etiladi. Maxsus elim bilan yopishtirilgan kipriklar uzoqroq xizmat qilishi esa amaliyotdan keyingi parvarishga bog`liq.

 

Amaliyotdan so`ng 12 soat

Ulama kipriklar to`g`ri parvarish qilinmasa, tez to`kiladi. Bunday bo`lmasligi uchun amaliyotdan keyingi 12 soat qoidasiga qat`iy amal qilish shart. Ya`ni, ko`z yoshlanishi, haddan tashqari ko`p terlash, yuvinish, kiprikka suv tegishi, qovoqlarni ishqalash mumkin emas.

Sun`iy kipriklar maxsus elim bilan yopishtirilsa-da, mahkam joylashishi uchun vaqt talab etiladi. Agar elim qotmasidan usti ishqalangudek bo`lsa, bu ko`zlarga salbiy ta`sir qiladi.

Buni bilishingiz shart!

1. Ulama kipriklarga tush surtilmaydi. Zarurat tug`ilgandagina suvli asosgaega tushdan foydalanish mumkin. Bunda tush kiprikning o`rta qismidan uchiga qarab surtiladi. Suvga chidamli tushlar tavsiya etilmaydi.

2. Kipriklarga qo`l tekkizmagan ma`qul. Aks holda ulama kiprik sinishi yoki zararlanishi mumkin.

3. Qorin bilan uxlash tavsiya etilmaydi. Negaki, bu holatda kipriklar yostiqqa tegib, shaklini yo`qotadi.

4. Yog`li kosmetika vositalari (krem, molochko)dan foydalanish mumkin emas. Yog` ta`sirida elim o`z kuchini yo`qotadi.

5. Yuvinish mahali suvli asosdagi geldan foydalaning.

6. Kipriklarni qayirish uchun mo`ljallangan maxsus qaychidan foydalanishham man etiladi.

Asosiy talab – ulama kipriklar belgilangan muddatda korreksiya qilinishi kerak.Ularo`rtacha 1,5 - 3 oygachaxizmat qiladi.

– Har kuni ertalab, yuvingandan keyin va uyquga yotishdan oldin kipriklarni maxsus taroqcha yordamida tarab turish kerak.

- Kipriklarni tozalashda bolalar shampunidan foydalanish mumkin.

- Pardozni tozalashda eng ma`quli misellyar suv.

- Ulama kipriklarni parvarishlash barobarida tabiiysini ham unutmaslik kerak. Bunda sizga oziqlantiruvchi toniklar yordam beradi. Tonik ingichka cho`tka yordamida kiprik ildiziga surtiladi.

 

Kimlarga mumkin emas?

Ulama kipriklar quyidagi hollarda tavsiya qilinmaydi, bular:

- kontakt linzalaridan foydalanganda;

- homiladorlikda;

- surunkali kon`yunktivit, glaukoma, blefarit kasalliklari;

- tabiiy kipriklar o`ta ingichka va nimjon bo`lsa;

- teri tuzilishi yog`li turga mansub bo`lganida.

Pinsetda olib tashlash mumkinmi?

Ulama kipriklar mutaxassis nazoratida ko`chirib olingani ma`qul. Bordi-yu, bunga imkon bo`lmasa, uy sharoitida ham sun`iy kipriklar bilan xayrlashish mumkin. Ya`ni uyquga yotishdan avval yuqori qovoq yuzasiga o`simlik yog`i (kungaboqar, shaftoli, bodom yoki kanakunjut moylari) surtiladi. Ertalab esa barmoq uchida ulama kipriklarni ko`chirib olish mumkin. Yodda tuting, bu jarayonda zinhor pinset ishlatilmaydi!

Ulama kipriklardan muntazam foydalansangiz, har yarim yilda bir marta, bir oy tanaffus qilishingiz kerak.

 

Tabiiy kipriklarga yordam

Ulama kipriklar olib tashlanganidan keyin quyidagi holatlarga diqqat qiling:

  • Hafta davomida tush va suyuq qalam surtmay turing.
  • Ko`zni bir necha kun davomida faqat iliq suvda namlangan paxta bilan arting.
  • Ko`chaga chiqishdan oldin ko`zlarga gippoallergen, quyoshdan himoyalovchi vositalarni surting.
  • Tuxum, smetana, sabzi, jigar, qulupnay va pomidorni ko`proq iste`mol qiling.

Nega to`kiladi?

Ulama kipriklardan foydalanishda tabiiysining to`kilishi me`yoriy holat. Shuni unutmangki, kipriklar o`rtacha 90 kun «yashaydi» va har kuni 1-3 tagacha kiprik to`kiladi.

Ba`zan ulama kipriklar tabiiysiga zarar etkazadi. Buning sababi, sun`iy kiprik zich joylashganidir: bu holatda u ko`zlarga og`irlik qila boshlaydi. Shuningdek, noto`g`ri tanlangan elim ham kiprikni to`kadi.

Shirin Siddiqxo`jaeva

Manba: Darakchi.Uz

13:47
Категория: Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri | Просмотров: 31 | Добавил: ADMIRAL | Теги: qiziqarli olam, go'zallik sirlari, kiprik qo'yish, ulama kipriklar, kiprik o'stirish, qayrilgan kiprik, ayollar bo'limi, ayollar uchun maslahatlar | Рейтинг: 5.0/1
Barcha izohlar: 0
avatar
Вход на сайт
Категории раздела
Antiqa dunyo yangiliklari / xorij xabarlari [104]
Antiqa qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar [221]
Antiqa foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar [160]
Antiqa psixologik testlar / qiziqarli o'yinlar [66]
Antiqa sport yangiliklari / futbol xabarlari [25]
Antiqa shou biznes yangiliklari [27]
Antiqa tehnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi [16]
Antiqa avtomobil olami / mashinalar haqida [8]
Antiqa munajjimlar bashorati / burjlar olami [20]
Antiqa yulduzlar biografiyasi / sanatkorlar haqida [4]
Antiqa pishiriqlar / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi [69]
Antiqa telefonlar sirlari / android / smartfon / nokia [17]
Antiqa sherlar / tasirli sherlar / armon ayriliq haqida sher [0]
Antiqa dunyo mamlakatlari haqida [1]
Antiqa tortlar / tort tayyorlash retseptlari [5]
Antiqa Salatlar / salat tayyorlash sirlari [10]
Kino va Seriallar haqida / hind / koreys / turk / voqealar rivoji [39]
Qo'shiqlar matni / qo'shiq so'zlari [5]
Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari [15]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [67]
Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat [45]
Erkaklar uchun / erkaklar bo'limi [10]
Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi [19]
Keksalar salomatligi / qariyalar uchun [0]
Kompyuter darsliklari / kompyuterni o'rganamiz [6]
Psixalogiya haqida / psixolog maslahati [14]
8-Martga sherlar / ayollar uchun sherlar tabriklar [0]
21-mart uchun tabriklar / sherlar / bayram tabriklari [6]
1-Aprelga hazil sherlar / hazil sherlar / prikol sherlar [2]
Referatlar / diplom ishi / dars ishlanmalar / mustaqil ish [0]
Ertaklar olami / bolalar uchun ertaklar [0]
IELTS материалы | Ielts materiallari | Книги | Kitoblar [0]
Fotoshop darslari / photoshop darslari / fotoshopni o'rganamiz [1]
Mobil telefonlar olami / yangi chiqqan telefonlar [12]
Kompaniyalar yangiliklari / UMS UCELL BEELINE / Tariflar [6]
Tarixga nazar / tarix haqida / afsona [3]
Yurtimiz yangiliklari / Mahalli xabarlar [39]
Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar [27]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [14]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [8]
Web va Wap masterlar uchun maqolalar va maslahatlar [1]
Поиск
Архив записей
Комментарии
21.09.2018
24.06.2018
09.01.2018
04.01.2018
04.01.2018
04.01.2018
04.01.2018
Copyright MyCorp © 2018