МЕНЮ САЙТА
Подбор по параметрам
200
Популярные стихи и рассказы
Читайте информацию
Наш вопрос
Bizning sayt sizga yoqdimi?
Barcha javoblar: 152
Счетчик
Statok.net
Онлайн всего: 8
Гостей: 7
Пользователей: 1
Ortegaroat
Главная » 2018 » Февраль » 25 » Soqol o’stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
Soqol o’stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)

Agar siz ushbu maqolani o’qiyotgan bo’lsangiz, ehtimol, sizda ham soqol o’stirish yoki soqolni parvarishlash istagi bor. Ushbu maqolani o’qib chiqib, siz qanday qilib uy sharoitida soqolni to’g’ri o’stirish va soqolni parvarish qilishni o’rganasiz. Soqol nafaqat chiroy bag’ishlaydi, erkaklikni ifoda etadi, balki sovuqdan, quyosh nurlaridan, changdan himoya qiladi.

Biroq, «soqolni qanday tezda o’stirish mumkin?» degan savol tubdan noto’g’ri va butun jarayonni buzib yuborishi mumkin. Tabiatni shoshiltira olmaysiz, faqatgina uy sharoitida biroz rag’batlantirish va natijaga erishishda sabr qila olishingiz mumkin. Soqol o’stirish sirlari sabr va siz bajaradigan amallardir.

 

Soqol o’stirish uchun nima qilish kerak?

1. Yuzda soqol o’sib chiqmagunicha muntazam ravishda soqol olib turing

Soqol o’stirishning eng samarasiz usuli — soqolni uzoq olmay yurish yoki umuman soqol olishni boshlamaslik. Agar siz ushbu maslahatga rioya qilmasangiz, unda yuzingizda siyrak, notekis va parvarishlanmagan soqol o’sa boshlaydi, bu juda xunuk ko’rinadi. Agar yuzingizdagi soqol bir tekis o’smasa, muntazam ravishda soqolni olib, sabr-toqatli bo’ling.

Agar soqol yuzingizda bir tekisda o’sib chiqishiga ishonchingiz komil bo’lmasa, butun yuzingizdagi soqolni oling va uning o’sib chiqishini kuzating. Iyakda va lablar ustida soqol bir tekisda o’sib chiqishiga e’tibor bering. Yuzdagi barcha soqol bir xil tezlikda o’sayaptimi? Agar shunday bo’lsa, siz soqol o’stirishga tayyorsiz.

Ko’p hollarda soqol o’sish tezligi va qalinligi genetikaga bog’liq. Shuning uchun, ba’zilarda soqol bo’lmasligi mumkin.

2. Testosteron

Yuzda soqolni ko’paytirish uchun avval testosteron darajasini oshirish kerak. Agar sizda hozir jinsiy yetilish davri kechayotgan bo’lsa yoki ehtimol sizda u davr o’tib ketgan bo’lsa va yuzda soqol o’sishi boshlamagan bo’lsa, testosteron darajasini oshirish uchun qila oladigan oddiy narsalar mavjud. Albatta, tezkor natijalar kutish kerak emas, lekin ular albatta samara beradi:

  • Jismoniy mashqlar. Haftada bir necha marta jismoniy mashqlar qilsangiz, testosteron o’sishini rag’batlantirasiz. Uch daqiqalik qizinib olish uchun yengil mashqlarni bajaring, keyin esa ketma-ketlikka rioya qiling: 30 soniya — intensiv, zo’riqishli mashqlar, 90 soniya — o’rtacha jismoniy faollik. Yetti marta takrorlang.
  • Organizmda D vitamini darajasini oshiring. Siz ushbu vitamin qo’shimchalarini qabul qilishingiz yoki ko’proq quyoshda yurishingiz mumkin.
  • Spirtli ichimliklar ichish, chekish testosteronga qarshi ta’sir ko’rsatadi, agar siz soqol o’stirmoqchi bo’lsangiz yaxshisi umuman chekish va ichishni tashlang. Bu nafaqat soqol o’stirishga, balki umuman so’gliqqa ham yaxshi ta’sir ko’rsatadi.

Testosteron bu gormon bo’lib, u erkaklarda ko’proq bo’ladi. Uning miqdori tanadagi sochlar o’sishiga, mushaklarning o’lchamiga, ovozning qalinligiga, reproduktiv tizimga va boshqa ko’plab tizimlarga ta’sir ko’rsatadi.

3. Yuz terisini to’g’ri parvarish qiling

Agar siz soqol o’stirishni istasangiz, teringizga yaxshi qarashingiz kerak. Soqol o’stirishni boshlashdan oldin akne (ugri) yoki quruq teri kabi teri kasalliklarini davolash kerak. Shu kabi muammolaringiz bo’lsa, dermatolog bilan maslahatlashing. Dermatolog siz uchun tegishli dori-darmonlarni belgilaydi. Dori-darmonlarni qo’llang va soqolni o’stirishdan oldin bir oy tanaffus qiling.

Yuzingiz yaxshi namlanganligiga ishonch hosil qiling. Bu soch follikulasini kuchaytirishga va soch o’sishini rag’batlantirishga yordam beradi. Teri sog’lig’ini saqlab turish uchun tabiiy terini parvarishlash vositasidan foydalaning.

4. Soqol olishni boshlang

Bo’sh qog’ozda rasm chiza boshlaganingizdek, soqolni ham toza yuzdan o’stirishni boshlang. Yuzingizdagi barcha soqolni oling. Bu soqolning bir tekis o’sishiga yordam beradi.

Soqol olganingizdan so’ng, taxminan to’rt hafta davomida hech narsa qilmang, shunchaki yuzingizni tozalang va teringizni parvarishlang.

Soqolli erkak

5. Tayyor turing

Soqol o’sishi boshlaganda siz qichishishni boshdan kechirasiz. Afsuski, ko’pchilik shu vaqtda soqol qo’yishni rad etadi, chunki ular yoqimsiz qichishishga qarshi chidab tura olishmaydi. Siz soqolga o’rganishdan oldin taxminan to’rt hafta davomida qichishish sezasiz.

Namlantiruvchi krem yoki tabiiy soqol uchun moylardan foydalaning. Ushbu preparatlar terining qichishi va quruqligini kamaytirishga yordam beradi. Siz qichishishni kamaytira olasiz va soqol o’sishi jarayonini yanada tezlashtirishingiz mumkin. Bular ushbu maqolaning uchinchi qismida batafsil muhokama qilinadi.

6. Sabr qiling

Har bir odamning soqoli turli xil tezlikda o’sadi, shuning uchun kimdir soqolini o’stirishi uchun kamroq vaqt talab qiladi va kimdir uchun bu butun boshli sinov bo’lishi mumkin. Shuning uchun, sabrli bo’ling va kuting, natija uzoq kutdirmaydi. Tez soqol o’stirishni ortidan quvmang.

Ba’zi erkaklar ikki-uch hafta ichida soqol o’stiradilar, boshqalari natijani ko’rish uchun bir necha oy kutishadi.

7. Soqolingizni yilning istalgan vaqtida o’stiring

Soqolning qishda o’stirish yaxshiroq degan fikr mavjud bo’lganiga qaramay, ko’pchilik bu jarayonni yozda boshlaydi va natijadan qoniqish hosil qiladi. Aslida, soqol ultrabinafsha nurlar ta’siridan himoyalaydi va issiq havoda terini sovutishga qodir. Biroq, issiq havo sharoitida qichishish yanada kuchayishi mumkin.

Bundan tashqari, soqolning mavjudligi sog’lig’ingiz uchun foydali bo’lishi mumkin. Misol uchun, chang zarralari soqol ustida ushlanib qolishi mumkin, bu astma va yuqori nafas yo’li infektsiyasining oldini olishga yordam beradi. Bundan tashqari, soqol yuzni sovuq ob-havo va shamoldan himoya qiladi.

8. To’g’ri ovqatlaning

Soch o’sishini tezlashtirish uchun, go’sht, sut mahsulotlari, baliq, yong’oq, tuxum, meva va sabzavotlarni ko’proq iste’mol qilib, ovqatni ratsionini to’liq qilish kerak. Kuniga 7-8 stakan suvni ichish tavsiya etiladi. Rux mikroelementi mavjud mahsulotlar umuman butun soch tolalari o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Soqolga shakl berish

1. Soqolni trimmer yordamida har 5-10 kunda kaltalab turing

Soqol kerakli uzunlikka yetgach, unga shakl berish uchun kaltalashni boshlang. Ko’pchilik erkaklar soqol o’sish tezligiga qarab bir haftada taxminan ikki marta soqolni kaltalab turishadi.

  • Agar siz uzun soqol qo’yishni xohlasangiz, shunchaki ko’p o’sib ketgan soch tolalarini qaychi bilan kaltalab turing va shakl bera boshlang.
  • Agar kalta soqol qo’yishni istasangiz va sizning soqolingiz juda qattiq bo’lsa, tez-tez, har ikki yoki uch kunda soqolini kaltalab turing.
  • Soqolni iyak chizig’igacha oling. Agar shunday qilmasangiz, siz g’or odami kabi ko’rinib qolasiz.

2. Trimmerdan foydalaning

Soqolni kaltalash uchun qaychidan foydalanishingiz mumkin bo’lsa-da, eng yaxshi variant elektr trimmer yoki soch kesish mashinkasi bo’ladi. Trimmer va mashinka o’rtasidagi asosiy farq uning o’lchamidir.

  • Kalta soqol uchun yoki dastlabki oylarda trimmerdan foydalaning. Bundan tashqari, agar sizda qalin soqol bo’lsa, shunga mos trimmerni sotib olishingiz mumkin.
  • Trimmerni birinchi marta ishlatishda ko’pchilik bir xil xatoga yo’l qo’yib, soqolni juda kalta qilib yuborishadi. Trimmerni ishlatishdan oldin, uning qanday ishlashini diqqat bilan o’rganing.

3. Yuzingizning turiga mos keladigan shaklni tanlang

Soqol qo’yishning ko’plab turlari bor, lekin sizning tanlovingiz, avvalambor, yuzingiz shakli va shaxsiy xohishingizga bog’liq. Agar soqolning ma’lum bir shakli siz uchun ma’qul bo’lsa, tajriba qilib ko’ring. Agar sizda semiz lunjlar bo’lsa, soqolning yonlari kaltaroq bo’lishi kerak. Agar yuzingiz tor bo’lsa, yuzingizni yanada kengroq qilish uchun soqolni yon taraflardan biroz uzunroq qiling.

Yonoqdagi chiziqni aniqlang. Sizning soqolingizning yonoq darajasida qanday boshlanishini bilishingiz kerak. Ko’p odamlar soqolning tabiiy chizig’ini qoldirishadi, ammo agar bu chiziq juda baland bo’lsa, yuqori qismini olib tashlang.

4. To’g’ri trimmer tanlang

Iloji bo’lsa, kaltalash uzunligini o’zgartirish funktsiyasi bilan jihozlangan trimmerni sotib oling. Bundan tashqari, ko’pgina zamonaviy qurilmalar bir-birining o’rnini almashtiruvchi qo’shimchalar (nasadka) bilan jihozlangan. Ular soqolni bir xil uzunlikda olinishini ta’minlaydi — hech kim soqolini haddan ortiq kesishni istamaydi. Bu uy sharoitida soqol o’stirish uchun juda qulay. Buning natijasida siz soqolni yonoq, bo’yin va jag’ bo’ylab bir xilda kesishingiz mumkin.

Trimmer

5. Tajriba qiling

Agar siz odatiy bo’lmagan soqol shaklining egasi bo’lishni istasangiz, afzal ko’rgan ko’rinishingizga mos keladigan shakl berishingiz mumkin.

Soqolni to’g’ri parvarish qilish

1. Soqol olishdan oldin uni yuving

Soqolni toza, yumshagan va chigallashib qolmagan holatda olish muhimdir. Soqolingizni iliq suv va sovun bilan yuving.

Terining reaktsiyasiga qarab ma’lum sochlar yoki soqol uchun shampundan foydalanishingiz mumkin. Ko’pchilik erkaklar odatda soch uchun shampun yoki sovundan foydalanadi.

2. Soqolingizni muntazam ravishda tarang

Aksariyat trimmerlar maxsus soqol taragich bilan sotiladi, lekin siz oddiy taroq bilan ham soqolingizni tarab turishingiz mumkin. Soqolni tarayotgan vaqt, uning uzunligini bilasiz va kerak bo’lsa kaltalaysiz.

Shuningdek soqolni har kuni tarab turish unda mumkin bo’lgan taom qoldiqlari, yopishib qolgan mayda tolachalar va boshqa narsalardan tozalash uchun kerak bo’ladi. Bu ayniqsa sizning soqolingiz uzun bo’lsa muhimdir. Soqolni muntazam ravishda tarab turish uni o’ralib, chigallashib qolishini oldini oladi.

3. Har kuni soqolni namlang

Agar sizning teringiz ta’sirchan bo’lsa, namlash vositalarini qo’llang. Agar siz sog’lom va chiroyli soqolni istasangiz, terining sog’lig’iga e’tibor bering.

4. Qichishish va quruqlikni kamaytirish uchun soqol moylaridan foydalaning

Bunday moylar erkaklar orasida mashhur bo’lmasa ham, sizning soqolingizning holati va ko’rinishini yaxshilash uchun yordam beradi. Bundan tashqari, moydan foydalanish sezuvchan teriga ega bo’lgan erkaklarda sezilarli darajada qichishishni kamaytiradi.

  • Taroqga moyni surtib, soqolni tarang. Bu soqolga moyni tekis taqsimlashning eng yaxshi yo’li.
  • Kokos yog’i soqolni parvarish qilish uchun juda samaralidir.

Nimalar kerak

  • Yuz uchun namlantiruvchi vosita;
  • Soqol uchun moy;
  • Soqol olish mashinkasi;
  • Qaychi;
  • Shampun;
  • Taroq.

Manba: MyMedic.Uz


18:55
Категория: Erkaklar uchun / erkaklar bo'limi | Просмотров: 1635 | Добавил: ADMIRAL | Теги: tez o'stirish, qanday qilib soqol o'stirish mumkin, soch chiqarish, soch o'stirish, Boroda, soqolni qoraytirish, soqol chiqarish, soqol o'stirish | Рейтинг: 5.0/4
Barcha izohlar: 0
avatar
Вход на сайт
Категории раздела
Antiqa dunyo yangiliklari / xorij xabarlari [104]
Antiqa qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar [221]
Antiqa foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar [160]
Antiqa psixologik testlar / qiziqarli o'yinlar [66]
Antiqa sport yangiliklari / futbol xabarlari [25]
Antiqa shou biznes yangiliklari [27]
Antiqa tehnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi [16]
Antiqa avtomobil olami / mashinalar haqida [8]
Antiqa munajjimlar bashorati / burjlar olami [20]
Antiqa yulduzlar biografiyasi / sanatkorlar haqida [4]
Antiqa pishiriqlar / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi [69]
Antiqa telefonlar sirlari / android / smartfon / nokia [17]
Antiqa sherlar / tasirli sherlar / armon ayriliq haqida sher [0]
Antiqa dunyo mamlakatlari haqida [1]
Antiqa tortlar / tort tayyorlash retseptlari [5]
Antiqa Salatlar / salat tayyorlash sirlari [10]
Kino va Seriallar haqida / hind / koreys / turk / voqealar rivoji [39]
Qo'shiqlar matni / qo'shiq so'zlari [5]
Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari [15]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [67]
Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat [45]
Erkaklar uchun / erkaklar bo'limi [10]
Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi [19]
Keksalar salomatligi / qariyalar uchun [0]
Kompyuter darsliklari / kompyuterni o'rganamiz [6]
Psixalogiya haqida / psixolog maslahati [14]
8-Martga sherlar / ayollar uchun sherlar tabriklar [0]
21-mart uchun tabriklar / sherlar / bayram tabriklari [6]
1-Aprelga hazil sherlar / hazil sherlar / prikol sherlar [2]
Referatlar / diplom ishi / dars ishlanmalar / mustaqil ish [0]
Ertaklar olami / bolalar uchun ertaklar [0]
IELTS материалы | Ielts materiallari | Книги | Kitoblar [0]
Fotoshop darslari / photoshop darslari / fotoshopni o'rganamiz [1]
Mobil telefonlar olami / yangi chiqqan telefonlar [12]
Kompaniyalar yangiliklari / UMS UCELL BEELINE / Tariflar [6]
Tarixga nazar / tarix haqida / afsona [3]
Yurtimiz yangiliklari / Mahalli xabarlar [39]
Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar [27]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [13]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [8]
Web va Wap masterlar uchun maqolalar va maslahatlar [1]
Поиск
Архив записей
Комментарии
21.09.2018
24.06.2018
09.01.2018
04.01.2018
04.01.2018
04.01.2018
04.01.2018
Copyright MyCorp © 2018