Qisqa va Ma'noli ajoyib ta'sirli hikoyalar to'plami

1. "Eslash..." 
- Bitta savol bersam maylimi? 
- Mayli. 
- Ayrilgan vaqtlarimizda meni eslab turdizmi? 
- Unchalikmas, eslamadim... 
- Rostdan eslamadizmi? 
- Rostdan eslamadim. 
- Bir marta hammi? 
- Bir marta ham 
- Hm... sad
- Nega qovog'ingni solasan, axir eslash uchun avval esdan chiqarish kerak. Seni esdan chiqarib bölarkanmi, jinnivoy. Boshqa bu savolni berma... 
–––––––––––––––––––––––––––– 
2. "Javob..." 
- Katta bo'lgach kim bölishni xohlaysan? 
- Baxtli bo'lishni xohlayman! 
- Yo'q, sen savolni tushunmading... 
- Yo'q, siz javobni tushunmadiz! 
–––––––––––––––––––––––––––– 
3. "Özgarish..." 
- Allo! 
- ... 
- Allo! 
- ... Salom, azizam... 
- ... 
- Qalaysan? Sog'lig'ing yaxshimi? Seni juda sog'indim. 
-Unda nega qöng'iroq qilmadiz? Men sizni kutdim... 
- Meni kechir. Men 
baxtimdan qochdim. 
Mas'uliyatsizligimdan köp qiynaldim. Yodingdami, biz kezgan xiyobonlar? Birga qöl ushlashib yurgan damlarimiz? Seni doim katta hovuz oldida kutardim. Kelganingda, hovuzga termulib, niyatlar qilardik... 
- ... cry
- Yig'lama, azizam. Kel boshidan boshlaymiz barchasini. Yoki mendan köngling qoldimi? 
- Yöööq. . . 
- Mendan xafamisan, ketganim uchun? 
- Yöööq. . . 
- Meni endi sevmay 
qöydingmi? 
- Yöq unday emas. 
- Unda kel, öz baxtli hayotimizni quramiz. Endi seni hech qachon tashlab ketmayman. 
-Iltimooos. . . 
- Doim yoningda bölaman, Hayotim... 
- Meni eshiting! 
- Senga faqat baxtli 
onlarni taqdim etaman. Iltimos, faqat yöq dema. . . ! 
- Ilojim yöq meni. 
- Nega? 
- Endi kech! 
- Nima uchun? 
- Hammasi özgardi... 
- Nima? Yarim yilda nima özgardi? 
- Men turmushga chiqdim... 
- ... 
–––––––––––––––––––––––––––– 
4. "Qo'ng'iroq..." 
- Allo... 
- Allo... Bu menman... 
- Ha oyi, tinchlikmi? 
- Tinchlik, özing yaxshimisan? 
- Oyi, shuni sörash uchun telefon qilyapsizmi, soat necha bölganini bilasizmi? 
- Bilaman bolam, 3 böldi... 
- Bilsangiz, yarim kechasi telefon qilib, bezovta qilishingiz shartmidi? Ertalab gaplashsak ham bo'lardiku! 
(Ona közi yoshga tölib javob berdi:) 
- Bundan roppa-rosa 30 yil oldin shu soatda sen ham meni bezovta qilganding. Tug'ilgan kuning bilan 
bolajonim... 
–––––––––––––––––––––––––––– 
5. "O'xshashlik..." 
- Yaxshi qiz, bilasizmi, bolalarimning onasiga juda ham öxsharkansiz? 
- Yög'e? 
- Ha... 
- Nechta farzandingiz bor o'zi? 
- Hozircha, bitta ham emas...

Категория: OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR | Добавил: ADMIRAL (17.12.2016)
Просмотров: 17640 | Теги: real voqealar to'plami, tasirli hikoyalar, qiziqarli voqealar, eng ajoyib, yurakni ezuvchi hikoyalar olami, qiziqarli hikoyalar | Рейтинг: 5.0/150

O'xshash she'r va hikoyalar
Всего комментариев: 0
avatar
close