Yurak yasab ber toshdan

Arzim tingla sangratosh,
Zerikdim xo‘p ko‘z yoshdan.
O’ldirdi o‘tli qarash
Yurak yasab ber toshdan.
 
Ishq shundayin dardmidi,
Menga sevgi shartmidi,
Muhabbat qalbim yedi,
Yurak yasab ber toshdan.
 
Umrim tugab qolmasdan,
Kerak emas olmosdan,
Oddiy bo‘lsa ham rostdan,
Yurak yasab ber toshdan.
 
Qalamqoshlar bevafo,
Zerikmas aylab jafo.
Dardimga bo‘lsin shifo,
Yurak yasab ber toshdan.
 
Qilgan ishing sir bo‘lsin
Bu olamda sir bo‘lsin.
Sangratoshlar pir bo‘lsin
Yurak yasab ber toshdan.
 
Madaminjon Valiev

 

Категория: XAR XIL SHERLAR / TASODIFIY SHERLAR | Добавил: ADMIRAL (31.05.2017)
Просмотров: 3826 | Теги: sevgi haqida, manoli sherlar, qiziqsarl sherlar, mazmunli sherlar, tasirli sherlar, Muhabbat, yuraklar haqida sherlra, ish haqid, yurak haqida sherlar | Рейтинг: 5.0/32

O'xshash she'r va hikoyalar
Всего комментариев: 0
avatar
close