Shoir bo'lib (Shamshod Safar)

Shoir bôlib nega keldim dunyoga?
Misralarim foydasi yôq birovga.
Birov dardi qiziqtirmas birovni,
Dilda nolang sig'maydi bu olamga.

Shoir bôlib nega keldim dunyoga?
Ôzim xoxlamayman nega yozaman.
Ilhom degan tuyg'u yurakda,
Ayting qachongacha shunday yuraman?

Shoir bôlib nega keldim dunyoga?
El dardini tôkolmasam qog'ozga,
Yozaverdim qizlarning soxta chiroyin.
Yozolmadim azizlarim dardini nega?

Shoir bôlib nega keldim dunyoga?
Xizmat qilolmasam ona Vatanga!
Bir kaft tuprog'idek foydam tegmasa,
Oddiy bir maysani undirolmasam.

Shoir bôlib nega keldim dunyoga?
Xizmatin qilmasam Ota-Onamni!
Qarzini uzmasam men yaxshilarni,
Agar ôylamasam bugun ertamni.

Shoir bôlib nega keldim dunyoga?
Chin dôst diydoriga tôyolmaymanmi?
Yolg'iz qolib safsata emas----
Chekkan azoblarim yozolmaymanmi?

Shoir bôlib nega keldim dunyoga?
Chin dôst bormi kuygan yurakka?
Yetib bôlmas orzu tilakka,
Vaqtim yôqdir g'iybat ermakka.

Shoir bôlib nega keldim dunyoga?
Baxtu omad menga kulmasa.
Bir kam dunyo kami tôlmasa,
Shamshod Safar nomim bôlmasa!

Muallif:Shamshod Safar!

Категория: XAR XIL SHERLAR / TASODIFIY SHERLAR | Добавил: ADMIRAL (08.05.2017)
Просмотров: 1860 | Теги: manoli, eng ajoyib sherlar, tasirli, manoli sherlar, sher yozish, shamshod safar haqida, shoirlik, shoirlik haqida sherlar, ijokor, shoirlar | Рейтинг: 5.0/26

O'xshash she'r va hikoyalar
Всего комментариев: 0
avatar
close