Ahad qayum she'ri - O'z yurtingdan qo'ymasin jigar

Ukraina tinib-tinchimay,
Turkiyada to'polon bunday,
Qayga boqsang qurol ovozi,
Suriyada havo tutunday.
O'zga elda yurma darbadar,
O'z yurtingdan qo'ymasin jigar.
Qanday baxtli odamsiz deyman,
Qarab har bir yurtdoshimizga.
Boshim egib, men ta'zimdaman,
Rahmat deyman yurtboshimizga.
O'zga elda yurma darbadar,
O'z yurtingdan qo'ymasin jigar.
Dunyo izlab, dunyodan kechma,
Bir o'tkinchi, qing'ir yo'l uchun,
Vataningdan kechma navsing deb,
Vataningdan kechma pul uchun.
O'zga elda yurma darbadar,
O'z yurtingdan qo'ymasin jigar.
Bir tomonda terrorning xavfi,
Boshqa yoqda narkotik vahmi,
Dinni niqob qilmish qay biri,
Qachon qurir bularning qavmi.
O'zga elda yurma darbadar,
O'z yurtingdan qo'ymasin jigar.
Oyoq qo'yma sen cho'g'ga bilib,
Qara, ko'plar ketdilar o'lib,
Qancha odam ko'zlarida yosh,
Qaytmoqdalar nogiron bo'lib.
O'zga elda yurma darbadar,
O'z yurtingdan qo'ymasin jigar.
O'zga yurtda shoh bo'lguningcha,
O'z yurtingda gado bo'lgin deb.
Bekorga yozmagan shoh Bobur,
Tuprog'ing deb ado bo'lgin deb.
O'zga elda yurma darbadar,
O'z yurtingdan qo'ymasin jigar.
Boshingga orttirmay dardisar,
Noshukur bo'lmagin birodar,
Quloq solgin Ahad Qayumga,
O'z joningga orttirma xatar,
O'zga elda yurma darbadar,
O'z yurtingdan qo'ymasin jigar.
Fransiya tinib tinchimay,
Qozog'iston to'polon bunday,
Qayga boqma qurol ovozi,
Liviyada havo tutunday,
O'zga elda yurma darbadar,
O'z yurtingdan qo'ymasin jigar.

Категория: VATAN HAQIDA SHERLAR / O'ZBEKISTON / ASKAR VA HARBIYLAR HAQIDA | Добавил: ADMIRAL (26.07.2016)
Просмотров: 4683 | Теги: qiziqarli sherlar, ahad qayum sherlari, 2016 sherlar, antiqa, o'z yurtingdan qoymasin jigar, shoir ahad qayum, ahad qayum sheri, vatan haqida sherlar | Рейтинг: 5.0/51

O'xshash she'r va hikoyalar
Всего комментариев: 0
avatar
close