Sunset

Uzoqdan g'ira- shira ko'rinar quyosh
Cho'kib borar tugaganday unda bardosh
Kuzatib turaman yelkamda bir bosh
Bor axir yonimda go'zal - qalam qosh

Sochlari uzun tovlanar tunda
Yulduzlar uyg'onib ko'rdilar shunda
Bundayin chiroyni ko'rganlar qayda
Uchramas aslo,- boshqa bir jonda

Bilmasdik qaydamiz pinhon
Sururbaxsh bu qandayin makon
Go'yo berar jannatdan nishon
Dilim xushdir, tilim esa hayron

O'tirardik bepayon yaylovlar ichra
Maysa-yu gullari belimiz quchgan
Lablar tutashib bir-birin o'pgan
Baxt ham iqbolin nihoyat topgan

Категория: SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR | Добавил: Jas-spy (19.11.2017)
Просмотров: 1607 | Рейтинг: 5.0/47
Всего комментариев: 0
avatar
close