Sevolmayman deysan lek uzr so'raysan

Vijdoning og'riydi etayotib rad, 
Xuddi aybdordek yerga qaraysan,
Bir yurak bir sevgi tilaydi hayot,
Sevolmayman deysan uzr so'raysan...

Keyin u ketadi ko'ksida sanchiq, 
Tilida chaynalar qarg'ish xitobi,
Ey Xudo bunchalar achchiqdan achchiq, 
Sevilish azobi sevish azobi....

Sog'inib yashaysan ko'klarga boqib,
Dunyoga tutashib ketar oloving,
Rashkingdan o'zing ham to'yib yashaysan, 
Yuraging pinjida yashab biroving....

Ko'zing oqi-yu qarolariga,
Solarkansan yakka suyukligingni,
Sen pisand qilmagan bechoralarga,
Bilmaysan qanchalar buyukligingni....

Kipriging torlarin chertadi yomg'ir,
Qo'lingda titraydi tunlar xitobi,
Ey TANGRIM bunchalar achchiqdan achchiq,
Sevilish azobi sevish azobi....♡

Категория: SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR | Добавил: ADMIRAL (28.02.2017)
Просмотров: 3222 | Теги: sevgi muhabbat sherlari, antiqa sherlar, rashk, ajoyib sherlar, sevgi haqida juda zo'r sherlar, qiziarli sherlar makoni, sherlar.net | Рейтинг: 5.0/17

O'xshash she'r va hikoyalar
Всего комментариев: 0
avatar
close