Seni sog‘inib, kun, tunlarim o‘tdi,
Kelsang bo‘lmasmidi meni sog‘inib?
Tonglarim bedor-u uyqusiz otdi,
Sevsang bo‘lmasmidi meni sog‘inib.
Netay seni menga yo‘latdi taqdir,
Netay meni senga qulatdi taqdir,
Netay meni seni sevganim haqdir,
Kelsang bo‘lmaydimi meni sog‘inib?
Yuzingni ko‘rish-chun mayli beray jon,
Tanimda qolmasin bir tomchi ham qon,
Meni sendan ayri qilmasin hijron,
Kelsang bo‘lmaydimi meni sog‘inib?
Olisda emasman, yoningda turib,
Kutyapman, kutyapman seni sog‘inib,
Uyquga yotmasdan, holimni so‘rib,
Kelsang bo‘lmaydimi meni sog‘inib?
Kelishing kutardim, kutmay qo‘yyapman,
Kulishing ko‘ray deb, ketmay qo‘yyapman,
Kuniga bir emas, ming bor kuyyapman,
Kelsang bo‘lmaydimi meni sog‘inib?
Seni suygan edi, kuydi-da ko‘ngil,
Noz qilding, nozingdan to‘ydi-da ko‘ngil,
Ha, bir hazil qilib qo‘ydi-da ko‘ngil,
Kelsang bo‘lmaydimi meni sog‘inib?
Uch yil birga o‘qib demadim bir so‘z,
Uch yil tushib turardi-yu ko‘zga ko‘z,
“Men seni sevaman» – bu so‘z chin uch so‘z,
Kelsang bo‘lmaydimi meni sog‘inib?
Bo‘ldi qiynamagin, kelgin yonimga,
O’zgani bahona qilmagin menga,
Oxirgi so‘zimni aytaman senga,
Sevsang bo‘lmaydimi meni sog‘inib?
|