Qabul et Ro'zamizni Allohim

Yemadik, ichmadik
Tutdik tilimiz
Qabul et ro’zamizni, Allohim
Faqirning, yo’qsilning
Bildik holini
Qabul et ro’zamizni, Allohim

Qo’shnimiz och bo’lsa
Beramiz yordam
Qabul et ro’zamizni, Allohim,
Yetimning boshini
Silaymiz har dam
Qabul et ro’zamizni, Allohim.
 
Gunoh qilmaslikka
Bo’lamiz ogoh
Qabul et ro’zamizni, Allohim,
Istab rizoliging
Yashaymiz har chog’
Qabul et ro’zamizni, Allohim.

Категория: Ramazon haqida she'rlar / Ro'za oyi she'rlar to'plami | Добавил: ADMIRAL (20.05.2017)
Просмотров: 1987 | Теги: yangi sherlar, ro'za oyi haqida sherlar, ro'za uchun sherlar, ramazon ro'zasi haqida sherlar to'p, tabriklar, tilaklar, qiziqarli sherlar makoni | Рейтинг: 5.0/19

O'xshash she'r va hikoyalar
Всего комментариев: 0
avatar
close