Uyda kam booor demagin xotin (Hazil she'r)

Bugun ishdan charchab keganman. 
Ich etimdan sovuq yeganman. 
Ishonaver uyim-joyim deganman. 
"Uyda kam bor" demagin xotin. 

Ko'chada xechnarsa turmaydi tekin. 
Hammasi to'kin bo'ladi sekin. 
Aljirab og'zinga kelganin degin. 
"Uyda kam bor" demagin xotin. 

Ola-xurjun tushgan boshimga. 
Ma'sulyatim sezib yuraman. 
Do'mbog'im erkalab kelib qoshimga. 
"Uyda kam bor" demagin xotin. 

Vafodorsan buni bilaman. 
Sening uchun jonim beraman. 
Kamchilik booor sezib yuraman. 
"Uyda kam bor" demagin xotin. 

Xarom puldan orlanib yurdim. 
Bazida boylarga xorlanib yurdim. 
Yagonam xayolda zorlanib dedim: 
"Uyda kam bor" demagin xotin. 

Xayotim mazmuni, baxtingdan kulgin. 
Menga omad tilab, taxt tilab yurgin. 
Yetmasa buguncha amallab turgin. 
"Uyda kam bor" demagin xotin.

Категория: PRIKOL SHERLAR / KULGILI HAZIL SHERLAR | Добавил: ADMIRAL (29.07.2016)
Просмотров: 7333 | Теги: ajoyibu g'aroyib, antiqa sherlar, hazil sherlar prikol sherlar, qiziq sher, kulgili sherlar, er xotin haqida sherlar | Рейтинг: 5.0/98

O'xshash she'r va hikoyalar
Всего комментариев: 0
avatar
close