Ahmad boy haqida she'r

Bugun shov - shuv har yoqda .
Eshitingizmi hoy - hoy ?
Nima bo'ldi aytingchi !
Qamalibdi Ahmad boy !

Sog' odamlar shol bo'ldi
Yosh yigitlar chol bo'ldi
Butun dunyo lol bo'ldi
Qamalibdi Ahmad boy !

Bo'laman deb paxmoq boy
Bo'lib qoldi axmoq boy
Ko'pchilikka ko'rgulik
Qamalibdi Ahmad boy !

Besh so'mini o'n qilib
Deyishgandi raxmat boy
Bugun padarin so'kar
Qamalibdi Ahmad boy !

Pul o'rniga g'am berib
Ko'pni oldi kam berib
Biznesiga dam berib
Qamalibdi Ahmad boy !

Molini bergandilar
Borini bergandilar
Osson osh yegandilar
Endi ahvollari voy
Qamalibdi Ahmad boy !

Ming bosh moli yo'q endi
Mingni noli yo'q endi
Eshitganlar shok endi
Qamalibdi Ahmad boy !

Menku buyum bermadim
Tekin oshni yemadim
Aybi nima bilmadim
Qamalibdi Ahmad boy !

Pul berganlar qon yiydi
Endi qanday non yiydi
Yolg'on bo'lsa qaniydi
Qamalibdi Ahmad boy !

Ichim yonib ko'plarni
Ahvoliga kuyindim
Ahmad boyga emas men
Aholiga kuyundim !

Har ertakning so'ngida
Quvonch g'amni yutadi
Ahmad boyni ertagi
Yomonlikla tugadi ....

Категория: PRIKOL SHERLAR / KULGILI HAZIL SHERLAR | Добавил: ADMIRAL (10.07.2016)
Просмотров: 8631 | Теги: qiziqarli sherlar, ahmadboy sheri, ahmadboyga sher, aldoqchi ahmadboy, firibgar ahmadboy, ahmadboyga atalgan sherlar | Рейтинг: 5.0/147

O'xshash she'r va hikoyalar
Всего комментариев: 0
avatar
close