Sukunat

Sukunat qa’riga g‘arq bo‘lib ketdim,

Dilgirlik yuzimga qadalgan o‘qdir.

O’ylovda hayollar, ko‘nglim ichi dim,

Ey, Hayot, sen menga yashashni uqtir.

 

Go‘yoki ko‘zyoshda yo‘qdek intiho,

Quyulib kelmoqda ikki ko‘zimga.

Yuragim amrini etmoqqa bajo,

Bir taskin istayman xorg‘in ruhimga.

 

Bolalik zavqini yurmadim surib,

Yo‘qolgan kulguga tutyapman aza.

O, netay, men hali o‘lmasim turib,

Sukunat umrimga o‘qir janoza!

 

{ Dilnoza KAMOL }

Категория: AYRILIQ ARMON HAQIDA SHERLAR | Добавил: ADMIRAL (17.07.2016)
Просмотров: 3986 | Теги: sms sherlar, qisqa satrlar, sher olam, qiziqarli olam, ajoyib sherlar, qisqa sherlar, antiqa uz sherlari, super sherlar, uzbekcha sherlar | Рейтинг: 5.0/20

O'xshash she'r va hikoyalar
Всего комментариев: 0
avatar
close