Sevgisiz yashayman bugundan boshlab

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab. 
Armonlar xayotga halal bermaydi. 
Xotirani ortimga tashlab. 
Yurakdagi so'zim birov bilmaydi. 

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab. 
Unutaman barcha-barchasin. 
Oshiqlarim ko'zlarin yoshlab. 
Qulflab qo'yaman yurak darchasin. 

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab. 
Qo'l siltab yorimning ohu zoriga. 
Bir umur mexrsiz toshbag'ir yashab. 
Sabrimni sarflab umr boriga. 

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab. 
Eng baxtsiz odamdek tuyulsamhamki. 
Kunduzlari kulib, tunlari yig'lab. 
Zora shunda sendan qutilsam, balkim. 

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab. 
Sherlar ham yozmayman yolg'ondan kuyib. 
Bir umur o'zimni o'zim ayiblab. 
Ko'zda yoshim bilan alamdan kulib. 

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab. 
Hudoyim bergan-ku axir toqatdan. 
Bevafo qizlarni aldayman boplab. 
Qasdimni olaman har kun xayotdan. 

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab... 
Yetgunicha umur yetguncha toqat. 
Qalbimga toshlarni oʻzingiz tashlab.. 
Toshbag'irsan deya qilmangiz tuxmat. 

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab... 

Muallif: Janob-prikol 

Категория: AYRILIQ ARMON HAQIDA SHERLAR | Добавил: ADMIRAL (27.07.2016)
Просмотров: 6501 | Теги: yangi uzun sherlar, tasirli, vafosizlar uchun sher, armon haqida sherlar, ayriliq uchun sher, bevafolarga sher, sevgisiz yashayman bugundean boshla | Рейтинг: 5.0/68

O'xshash she'r va hikoyalar
Всего комментариев: 0
avatar
close