Sensiz

Sensiz o'tgan kunlarim asrlarga tatiydi...
Visolingni jonginam har kun ko'rsam qaniydi!
Qolmas edi qalbimda hech qanday alam,
Sensiz menga qorong'u bu yorug' olam.

 

Bugun shirin visolingga albat yetaman!
Jonim,sening oldingga shoshib ketaman!
Hayotim,borlig'im faqat o'zingda,
Ko'zlarim shu ikki shahlo ko'zingda!

 

Sen bilan bo'lganimda vaqt to'xtab qolsa,
Yuraklar abadiy tuyg'uga to'lsa!
Shunda qolmas edi yuragimda g'am,
Aslo ko'rmas eding ko'zlarimda nam!

Категория: AYRILIQ ARMON HAQIDA SHERLAR | Добавил: ADMIRAL (19.11.2017)
Просмотров: 4492 | Рейтинг: 5.0/79
Всего комментариев: 0
avatar
close