Boshqasiga tegib ketgan bahorim

BAHORIM

Ilk bora uchratgan o'sha kunimda
Bir ajib his uyg'ongandi dilimda
Isming aytib uyg'onardim har kuni
Kutar edim o'sha toshli ko'changda

Sen ham menga befarqmasding bilardim
Hayolimda ko'p orzular qilarim
Birga bahtli bo'lamiz deb yurardim
Yo'llarimiz ayro ekan Bahorim

Bahorim Bahorim mani Bahorim
Qalbimni kuz etib ketgan Bahorim
Shirin orzularin yurakka ko'mib
Boshqasiga tegib ketgan Bahorim

Qaytarmading ota onang rayini
Armonlarga berding sevging barini
Yor yor olib ketdi seni bu kecha
Alamimdan to'yib ichdim tongacha

Biz yurgan yo'llarda bugun xazonlar
Kezayapti daydi mezon shamollar
Osmonimni qoplab qora bulutlar
Ko'z yoshimday yog'ayapti yomg'irlar

Bahorim Bahorim mani Bahorim
Qalbimni kuz etib ketgan Bahorim
Shirin orzularin yurakka ko'mib
Boshqasiga tegib ketgan Bahorim
06.09.2019

Muallif: Abdulla Murodulla

Категория: AYRILIQ ARMON HAQIDA SHERLAR | Добавил: ADMIN (05.10.2019)
Просмотров: 14 | Теги: chimildiq haqida sherlar, Bahorim, sherlar, yangi sherlar, Yor, yor yor haqida sherlar, to'y haqida sherlar, bahora uchun sher, abdulla murodilla sherlari, antiqa sherlar, tasirli sherlar, kelinlar uchun sher, bahor ismli qizga sher, fasllar kelinchagi | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash she'r va hikoyalar
Всего комментариев: 0
avatar
close