Bilaman sevib yashaysan

Sevgiga dard qo‘shib kuylaganimda, 
Ko‘nglim sendaligin sezib yashaysan. 
Tunlari yashirin yig‘laganimda, 
Bilaman, sen meni sevib yashaysan. 

Balki o‘ladirman sendan avvalroq, 
Kelmasang mayliga yodingga olib. 
Uyg‘onishimga xalal bersada tuproq, 
Sevaman tuproqlar ostida qolib. 

Baxorlar o‘tadi, o‘tadi yillar, 
Qalbingga bir huzur topadi yillar. 
O’shanda bizlardan qolsa ko‘ngillar, 
Sevaman tuproqlar ostida qolib. 

Qabriston ichida kutib yashayman, 
Gohida borib tur onamni olib. 
Men bilan suxbat qur soatlab qolib, 
Sevaman tuproqlar ostida qolib. 

Yo‘ldosh Ishqiy.

Категория: AYRILIQ ARMON HAQIDA SHERLAR | Добавил: ADMIRAL (30.07.2016)
Просмотров: 4775 | Теги: sevgimsan, armonli sherlar, antiqa.uz, ayriliq sherlari, muxabbat haqida sher, qiziqarli sherlar, tasirli sherlar, armonim, sevgi haqida sher | Рейтинг: 5.0/46

O'xshash she'r va hikoyalar
Всего комментариев: 0
avatar
close