Buyuklardan Umr va Vaqt haqidagi ajoyib aforizmlar

Hayotni sevasanmi? Sevsang, vaqtni boy berma, chunki vaqtdan hayot degan mato yaraladi.
B. FRANKLIN
Tezkor vaqt, qaytib kelmaydigan vaqt insonning eng qimmatbaho boyligidir, binobarin, uni yelga sovurmoq borib turgan talon- torojlikdir.
S.MOYeM
Odamzod hayoti tejalgan vaqtga qarab uzayadi.
F. KOLLIYYeR
Vaqt bizning eng arzon va ayni vaqtda eng qimmatbaho mulkimizdir, chunki vaqt tufayli biz hamma narsaga erishamiz.
Ya. RAYNIS
Vaqt mavjud vositalarning eng qimmatlisidir.
TYeOFRAST
Vaqt eng ulug‘vor novatordir.
F. BYeKON
Qo‘limizdan keladigan barcha uddaburonliklar chidam va vaqtning aralashmasidan boshqa narsa emas.
O.BALZAK
Pul aziz, inson hayoti undan ham aziz, vaqt esa hamma narsadan azizdir.
A. V. SUVOROV
Modomiki vaqt eng qimmatbaho mulk ekan, unda vaqtni talon-toroj qilish eng og‘ir gunohdir.
B. FRANKLIN
Inson boshiga tushishi mumkin bo‘lgan eng og‘ir yo‘qotish vaqtni boy berishdir.
TYeOFRAST
Zoe ketgan har bir diqiqa boy berilgan ish, boy berilgan foydadir.
F. CHYeSTYeRFILD
Eng og‘ir yo‘qotishlardan biri — vaqtni yo‘qotish.
J. BUFFON
Soatlarning har bir daqiqasini ham qadrla.
B. FRANKLIN
Odam tabiatan qiziq yaratilgan — boyligini yo‘qotsa xafa bo‘ladiyu umri zoe ketayotganiga esa parvo qilmaydi.
ABUL FAROJ
O’z vaqtining loaqal bir soatini behudaga o‘tkazmoqchi bo‘lgan kishini hayotning butun qadr-qimmatini hali tushunib yetish darajasiga bormagan desa bo‘ladi.
Ch. DARVIN
Ayniqsa vaqtni boy berish bilimdon odam uchun qimmatga tushadi.
I. GYOTYe

Категория: AJOYIB STATUSLAR TASIRLI SO'ZLAR | Добавил: ADMIRAL (12.09.2016)
Просмотров: 7371 | Теги: odnoklassniki uchun aforiizm, umr haqida aforizmlar, aforizmlar statuslar, antiqa.uz sayti, vaqt haqida aforizmlar, stslar, qiziqarli malumotlar | Рейтинг: 5.0/65
Всего комментариев: 0
avatar
close