МЕНЮ САЙТА
Подбор по параметрам
200
Популярные стихи и рассказы
Читайте информацию
Наш вопрос
Bizning sayt sizga yoqdimi?
Barcha javoblar: 161
Счетчик
Statok.net
Онлайн всего: 23
Гостей: 23
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Ноябрь » 9 » O'zbekiston aholisining soni 32.5 milliondan oshdi

O'zbekiston aholisining soni 32.5 milliondan oshdi

2017 yilning 1 oktabr holatiga respublika doimiy aholisining soni 32 mln. 511,9 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 391,4 ming kishiga yoki 1,2 foizga ko‘paydi. Shundan, 16 mln. 451,9 ming kishi – shahar joylarida (jami aholi sonining 50,6 foizi) va 16 mln. 60,0 ming kishi – qishloq joylarida (49,4 foizi) istiqomat qiladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining 2017 yilning yanvar-sentabr oylaridagi asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisobotida aytiladiKun.uz shu haqda yozmoqda.

2017 yilning yanvar–sentabrida tug‘ilganlar soni 523,6 ming kishini tashkil etdi va 2016 yilning shu davriga (532,4 ming kishi) nisbatan 8,8 ming kishiga kamaydi, shunga mos ravishda tug‘ilish koeffitsiyenti 21,7 promilleni tashkil qildi.

Tug‘ilish koeffitsiyentining sezilarli kamayishi Xorazm (20,7 promilledan 19,5 promillegacha), Buxoro (20,6 dan 19,5 gacha), Farg‘ona (21,9 dan 20,8 gacha) Toshkent (20,2 dan 19,2 gacha), Qashqadaryo (24,7 dan 23,8 gacha), Namangan (23,5 dan 22,6 gacha), Andijon (22,9 dan 22,1 gacha) Navoiy (22,3 dan 21,7 gacha) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (20,7 dan 19,5 gacha) hissasiga to‘g‘ri keladi.

2017 yilning yanvar–sentabrida vafot etganlar soni 116,9 ming kishini tashkil qildi va 2016 yilning shu davriga (108,9 ming kishi) nisbatan 8,0 ming kishiga ko‘paydi, mos ravishda o‘lim koeffitsiyenti 4,8 promilleni tashkil qildi (2016 yil yanvarь–sentyabrida – 4,6 promille bo‘lgan).

O‘lim koeffitsiyentining sezilarli o‘sishi Andijon (4,8 dan 5,3 promillegacha), Namangan (4,3 dan 4,8 ), Jizzax (3,9 dan 4,3), Surxondaryo (4,0 dan 4,4), Farg‘ona (4,5 dan 4,9), Qashqadaryo (3,8 dan 4,1 ), Navoiy (4,5 dan 4,7), Sirdaryo (4,7 dan 4,9), Xorazm (4,3 dan 4,5) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (4,4 dan 4,6) hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘lim darajasining eng past ko‘rsatkichi Qashqadaryo (4,1 promille), Buxoro (4,3 promille), Jizzax (4,3) va Samarqand (4,3) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Vafot etganlar umumiy sonidan 60,5 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9.2 foizi – o‘sma kasalliklaridan, 6,2 foizi – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan, 5,6 foizi – ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan, 4,9 foizi – nafas olish organlari kasalliklaridan, 1,7 foizi – infeksion va parazitar kasalliklaridan, 11,9 foizi – boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yilning yanvar–sentabr holatiga 95 ta onalar o‘limi ro‘yxatga olingan va onalar o‘limi koeffitsiyenti 18,1 promilleni (100 ming tirik tug‘ilganga nisbatan) tashkil qildi.

Onalar o‘limining yuqori ko‘rsatkichlari Navoiy – 32,5 (100 ming tirik tug‘ilganga nisbatan), Toshkent viloyati – 27,0, Jizzax – 25,8 Samarqand – 22,9 va Sirdaryo viloyatlari – 22,7 hissasiga to‘g‘ri keladi. 2017 yilning yanvarь–sentyabrida bir yoshgacha 6,1 mingta bolalar o‘limi qayd etilgan. Go‘daklar o‘limi koeffitsiyenti – 11,2 promilleni (2016 yil yanvarь–sentyabrida – 10,2 promille bo‘lgan) tashkil qildi. Go‘daklar o‘limining yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahri – 17,9 (1000 tirik tug‘ilganga nisbatan), Xorazm – 16,0, Andijon – 15,6, Namangan – 14,2, Jizzax – 14,1, Sirdaryo – 13,7 viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 15,0 hissasiga to‘g‘ri keladi.

2017 yilning yanvar–sentabrida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida 192,7 mingta nikohlar va 23,6 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan, 1 000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 8,0 (2016 yilning yanvarь–sentyabrida – 7,4 bo‘lgan) va nikohdan ajralish koeffitsiyenti 1,0 ni (2016 yilning yanvarь–sentyabrida – 0,9 bo‘lgan) tashkil etgan.

2017 yil yanvar–sentabr oylarida respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 120,8 ming kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa – 136,1 ming kishini tashkil qildi. Mos ravishda migratsiya qoldig‘i minus 15,3 ming kishini tashkil etgan, 2016 yilning mos davrida minus 20,7 ming kishi bo‘lgan.

Migratsiya saldosining yuqori darajasi Toshkent (minus 4,8 ming kishi), Samarqand (minus 3,9), Qashqadaryo (minus 3,4), Farg‘ona (minus 2,0), Buxoro (minus 1,8), Andijon (minus 1,5) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (minus 3,4) qayd etildi. Migratsiyaning ijobiy saldosi Toshkent shahrida kuzatildi (plyus 10,8 ming kishi).


Manba: Erkak.uz


14:44
Категория: Yurtimiz yangiliklari / Mahalli xabarlar | Просмотров: 491 | Добавил: ADMIRAL | Теги: o'zbekiston aholisi, yurtimiz yangiliklari, o'zbekistondagi aholi, eng oxirgi yangilik, o'zbekiston xabarlari, o'zbek odmlar, uzb dagi odamlar soni | Рейтинг: 5.0/1
Barcha izohlar: 0
avatar
Вход на сайт
Категории раздела
Antiqa dunyo yangiliklari / xorij xabarlari [104]
Antiqa qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar [221]
Antiqa foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar [160]
Antiqa psixologik testlar / qiziqarli o'yinlar [66]
Antiqa sport yangiliklari / futbol xabarlari [25]
Antiqa shou biznes yangiliklari [27]
Antiqa tehnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi [16]
Antiqa avtomobil olami / mashinalar haqida [8]
Antiqa munajjimlar bashorati / burjlar olami [20]
Antiqa yulduzlar biografiyasi / sanatkorlar haqida [4]
Antiqa pishiriqlar / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi [69]
Antiqa telefonlar sirlari / android / smartfon / nokia [17]
Antiqa sherlar / tasirli sherlar / armon ayriliq haqida sher [0]
Antiqa dunyo mamlakatlari haqida [1]
Antiqa tortlar / tort tayyorlash retseptlari [5]
Antiqa Salatlar / salat tayyorlash sirlari [10]
Kino va Seriallar haqida / hind / koreys / turk / voqealar rivoji [39]
Qo'shiqlar matni / qo'shiq so'zlari [5]
Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari [15]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [67]
Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat [45]
Erkaklar uchun / erkaklar bo'limi [10]
Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi [19]
Keksalar salomatligi / qariyalar uchun [0]
Kompyuter darsliklari / kompyuterni o'rganamiz [6]
Psixalogiya haqida / psixolog maslahati [14]
8-Martga sherlar / ayollar uchun sherlar tabriklar [0]
21-mart uchun tabriklar / sherlar / bayram tabriklari [6]
1-Aprelga hazil sherlar / hazil sherlar / prikol sherlar [2]
Referatlar / diplom ishi / dars ishlanmalar / mustaqil ish [0]
Ertaklar olami / bolalar uchun ertaklar [0]
IELTS материалы | Ielts materiallari | Книги | Kitoblar [0]
Fotoshop darslari / photoshop darslari / fotoshopni o'rganamiz [1]
Mobil telefonlar olami / yangi chiqqan telefonlar [12]
Kompaniyalar yangiliklari / UMS UCELL BEELINE / Tariflar [6]
Tarixga nazar / tarix haqida / afsona [3]
Yurtimiz yangiliklari / Mahalli xabarlar [39]
Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar [27]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [14]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [8]
Web va Wap masterlar uchun maqolalar va maslahatlar [1]
Поиск
Архив записей
Комментарии
21.09.2018
24.06.2018
09.01.2018
04.01.2018
04.01.2018
04.01.2018
04.01.2018
Copyright MyCorp © 2019
uCoz