МЕНЮ САЙТА
Подбор по параметрам
200
Популярные стихи и рассказы
Читайте информацию
Наш вопрос
Bizning sayt sizga yoqdimi?
Barcha javoblar: 161
Счетчик
Statok.net
Онлайн всего: 24
Гостей: 24
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Март » 18 » Kostyum tanlashda nimaga e’tibor berish kerak?

Kostyum tanlashda nimaga e’tibor berish kerak?

Kostyum erkaklar kiyimi orasida eng e’tiborga loyig’i desak adashmagan bo’lamiz. U erkakka viqor va savlat beradi. Lekin noto’g’ri tanlangan kostyum ushbu salobat va viqorni buzib qo’yishi mumkin. Bu galgi maqolamizda kostyum tanlayotganda qaysi jihatlarga e’tibor berishingiz kerakligi haqida to’xtalib o’tamiz.

Kostyumning badanga mos kelishi

1

Kostyum kiyib ko’rayotganingizda o’zingizni bo’sh qo’yib qo’llaringizni yonga tushuring, yelkalaringiz va belingizni tekis holda tuting. Shu turishingizda kostyum ustingizda juda keng yoki juda tor bo’lmasligi kerak. Qo’lingizni ko’tarib ko’ring, yoki o’tirib-turish singari tabiiy harakatlar qiling. Bu harakatlarni qulay qila olayapsizmi yo kostyum noqulaylik tug’dirayaptimi e’tibor bering.

Yelka


2

Kostyum yelkada tekis turishi kerak. Kostyum yelkasining uzunligi yelkangizning uzunligi bilan baravar bo’lib yelkaning yengga ulangan qismi na osilib turishi kerak va na teppaga qarab tortilib turgan bo’lishi kerak.

Yoqa

8

Kostyum yoqasi ko’ylagingizning yoqasiga yopishib turishi kerak. Agar ikkalasining orasida masofa bo’lsa, kostyum yoqasi keng degani. Agar kostyum yoqa qismi tor bo’lsa yoqaning pasti bukilib turadi.

Kostyumning kengligi

5

Kostyum kiyib ko’rayotganingizda kostyumning faqat tepa tugmasini qadab ko’ring. Shunda kostyumning old qismi osilib turmasligi kerak yoki pastki qismlari yubkaga o’xshab tashqariga qarab qolmasligi kerak

Kostyumning tugmasi oson qadaladigan bo’lishiga e’tibor bering va tugma qadalgan joydan bukuk chiziqlar chiqib qolmasligi kerak. Kostyumning past qismi ozgina ochiq bo’lsa bo’ladi, lekin juda bir biridan uzoqlashib ochilib ketib, tagidan ko’ylagingiz ko’rinib turmasligi kerak.

Yengning uzunligi

6

Kostyum yengining uzunligi shunday bo’lishi kerak-ki tagidan kiygan ko’ylagingizning yengi bir yoki ikki barmoq chiqib turishi kerak. Kostyum yengi ko’ylak yengidan juda yuqori chiqib ketmasligi va juda pastga tushib ketmasligi kerak.

Kostyum uzunligi

7

Kostyum uzunligining to’g’ri bo’lishi juda muhim. Kostyumning uzunligi dumbaning yarmini yopadigan  bo’lishi kerak.

Yana qo’lingizni bo’sh qo’yganingizda kostyumning pasti panjangizning o’rtasida turishi kerak

Shimning kengligi

3

 

Shimning orqa qismi orqangizda bir tekis turishi kerak. Shimning tagida ich kiyimingiz bemalol turishi kerak. Shim oyoqlaringiz orasida osilib turmasligi hamda juda tor ham bo’lmasligi kerak.

Shimning kengligi sizga mos emasligini dumbaning tagida gorizontal (tor) yoki U-simon (keng) chiziqlar paydo bo’lganidan bilishingiz mumkin.

Shimning uzunligi

4

 

Shimning pasti qismi oyoq kiyimingizning ustiga tushib turishi va unda bir chiziq paydo bo’lishi kerak, lekin undan o’tib ketmasin. Shimning orqa tarafi oldiga nisbatan sal uzunroq bo’lib turishi mumkin. Lekin orqa poshnadan balandroqda turishi kerak.


Manba: Erkak.uz


17:37
Категория: Erkaklar uchun / erkaklar bo'limi | Просмотров: 1275 | Добавил: ADMIRAL | Теги: kostyumlar haqida, kostyumni qanday tanlash kerak, erkaklarga maslahatlar, orginal kostyumlar, yigitlarga maslahatlar, kastim tanlash, kostyum talash | Рейтинг: 5.0/5
Barcha izohlar: 0
avatar
Вход на сайт
Категории раздела
Antiqa dunyo yangiliklari / xorij xabarlari [104]
Antiqa qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar [221]
Antiqa foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar [160]
Antiqa psixologik testlar / qiziqarli o'yinlar [66]
Antiqa sport yangiliklari / futbol xabarlari [25]
Antiqa shou biznes yangiliklari [27]
Antiqa tehnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi [16]
Antiqa avtomobil olami / mashinalar haqida [8]
Antiqa munajjimlar bashorati / burjlar olami [20]
Antiqa yulduzlar biografiyasi / sanatkorlar haqida [4]
Antiqa pishiriqlar / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi [69]
Antiqa telefonlar sirlari / android / smartfon / nokia [17]
Antiqa sherlar / tasirli sherlar / armon ayriliq haqida sher [0]
Antiqa dunyo mamlakatlari haqida [1]
Antiqa tortlar / tort tayyorlash retseptlari [5]
Antiqa Salatlar / salat tayyorlash sirlari [10]
Kino va Seriallar haqida / hind / koreys / turk / voqealar rivoji [39]
Qo'shiqlar matni / qo'shiq so'zlari [5]
Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari [15]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [67]
Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat [45]
Erkaklar uchun / erkaklar bo'limi [10]
Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi [19]
Keksalar salomatligi / qariyalar uchun [0]
Kompyuter darsliklari / kompyuterni o'rganamiz [6]
Psixalogiya haqida / psixolog maslahati [14]
8-Martga sherlar / ayollar uchun sherlar tabriklar [0]
21-mart uchun tabriklar / sherlar / bayram tabriklari [6]
1-Aprelga hazil sherlar / hazil sherlar / prikol sherlar [2]
Referatlar / diplom ishi / dars ishlanmalar / mustaqil ish [0]
Ertaklar olami / bolalar uchun ertaklar [0]
IELTS материалы | Ielts materiallari | Книги | Kitoblar [0]
Fotoshop darslari / photoshop darslari / fotoshopni o'rganamiz [1]
Mobil telefonlar olami / yangi chiqqan telefonlar [12]
Kompaniyalar yangiliklari / UMS UCELL BEELINE / Tariflar [6]
Tarixga nazar / tarix haqida / afsona [3]
Yurtimiz yangiliklari / Mahalli xabarlar [39]
Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar [27]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [14]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [8]
Web va Wap masterlar uchun maqolalar va maslahatlar [1]
Поиск
Архив записей
Комментарии
21.09.2018
24.06.2018
09.01.2018
04.01.2018
04.01.2018
04.01.2018
04.01.2018
Copyright MyCorp © 2019
uCoz