МЕНЮ САЙТА
Подбор по параметрам
200
Популярные стихи и рассказы
Читайте информацию
Наш вопрос
Bizning sayt sizga yoqdimi?
Barcha javoblar: 173
Счетчик
Statok.net
Онлайн всего: 2
Гостей: 2
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Август » 8 » Insonni dilini og'ritib qo'yish yomon ekan...

Insonni dilini og'ritib qo'yish yomon ekan...

Onamning keksa xolalari bor, poytaxtda yashaydilar. O‘g‘illaridan biri ba’zi ayblovlar bilan qamalib qoldi. Ko‘ngil so‘rab, onam bilan uylariga bordik. Sud jarayonlarida yonlarida turdik, qo‘ldan kelgancha tasalli berish uchun uylarida bir necha kun qoldik. O‘sha kunlarning birida katta kelinlarining akasi singlisini ko‘rgani keldi.

Dasturxon atrofida o‘tirganimizda gap aylanib qamalgan o‘g‘illariga taqaldi, onaizor bolasiga kuyib yig‘ladilar, kelinning akasi gapga aralashdi:

— Ey, qo‘ysangizchi! Bir ishi bo‘lmasa, bekordan bekorga qamalarmidi?

Shu kabi piching gaplar bilan qattiq gapirdi. Xolam: «Mening bolam o‘g‘ri emas, birovni urgani yo‘q, nomusiga tekkani yo‘q», deb yig‘lagancha, xonalariga kirib ketdilar.

«Undan ko‘ra, o‘g‘rilik qilsin edi, buzuqlik qilsa ham ishi oson bo‘lardi», dedi mehmon…
Xolamni ovutgan bo‘ldik, «xafa bo‘lmang, bir axmoq ekan-da», desak biroz o‘ylanib turdilar-da:

— Men yosh paytimda xolamning qizlaridan ëdgorlik bo‘lib qolgan nabirasi qamalib qolgandi. Sovet davri edi u paytlar, zonalar uzoq bo‘lardi. Nabirasi uchun qayg‘urib, erinmay shu olis safarga qatnardilar. Rahmim kelib: «Xola, shu narsalarni o‘zingiz yesangiz bo‘lmaydimi, bu o‘g‘ri bola ta’zirini yesin, bormang shuning ketidan, arzirmidi, bilarmidi!?» deganman o‘shanda. Xolamga achinib aytganman bu gaplarimni, lekin, dillari og‘rigan ekan-da, o‘zimda xis qildim shuni, — dedilar.

Oradan bir necha oy o‘tib sud tugadi, hukm o‘qilib, xolavachcham 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi, bola chaqasi dodlagancha qolib ketaverdi.

Odamlarning qayg‘usiga sherik bo‘la olish hammaning ham qo‘lidan kelavermas ekan, aksincha, hasratingga nafrat qilib, masxara nigohi bilan qaraguvchi, tili zaxar nodon kimsalar payt poylab nishini urib oluvchilar bo‘lib turarkan. Xolam bechora hech qayerga qo‘shila olmay qoldilar.
Oradan yillar o‘tib dardlar bir oz unutilgandek bo‘ldi. Mening esimdan ham chiqib ketdi hisob, ammo bir kuni…

Qanchadir vaqt o‘tdi. Xolamni ko‘rgani bordim. Katta kelinlari yig‘lamsirab yurgan ekan, «tinchlikmi?» deb so‘rasam, jiyani bir qizning nomusiga tegib qo‘yibdi. Voyaga yetmagan qizcha ekan. Keyin mashinasida olib ketayotganida, avtohalokatga tushib, qizcha halok bo‘libdi. Qizning onasi «baquvvat» ayollardan emish, jiyanini qamatib yuboribdi.

Ë tavba! O‘sha kungi manzara xayolimga keldi: O‘sha bolaning otasi: «Undan ko‘ra o‘g‘rilik qilsin, buzuqlik qilsin edi, ishi oson bo‘lardi», degandi. Yo‘q, «oson» bo‘lmabdi…

*****
Hayotingizda bo‘lib o‘tgan ibratli voqealar, boshingizdan o‘tgan qiyinchiliklar, yaxshi-yomon kunlaringiz va sizdagi muvaffaqiyatlar bilan bo‘lishishni, atrofingizdagi kishilarga dars bo‘lishini istaysizmi? Unda marhamat, maktublaringizni «salimayyubiy@gmail.com» elektron xatjildga yo‘llang. Biz muallifni sir saqlagan holda jamoatga yetkazamiz.

Shartimiz:
Voqea-kishilarning hayoti uchun ibratlanarli, odob-axloqqa doir, faxsh va jirkanch voqealardan holi, eshitgan odamning tarbiyaviy ahamiyatiga molik, yolg‘on, to‘qima obrazlar aralashmagan, hamda, eng asosiysi, ta’sirli bo‘lsin. Kitob holida nashr qilish ehtimolimiz bor.

Yozing, toki boshqalarga ibrat bo‘lsin. Maktublaringizni kutamiz.

Salim AYYUBIY


Manba: Zamin.uz


11:27
Категория: Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar | Просмотров: 698 | Добавил: ADMIRAL | Теги: qarg'ish tegishi, qiziqarli maqolalar, dil ozorlari, dilni og'ritib qo'yish, xafa qilish, nazardan qolish, dil ozorlik, dil yarasi, hikoyalar olami | Рейтинг: 5.0/1
Barcha izohlar: 0
avatar
Вход на сайт
Категории раздела
Antiqa dunyo yangiliklari / xorij xabarlari [104]
Antiqa qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar [221]
Antiqa foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar [160]
Antiqa psixologik testlar / qiziqarli o'yinlar [66]
Antiqa sport yangiliklari / futbol xabarlari [25]
Antiqa shou biznes yangiliklari [27]
Antiqa tehnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi [16]
Antiqa avtomobil olami / mashinalar haqida [8]
Antiqa munajjimlar bashorati / burjlar olami [20]
Antiqa yulduzlar biografiyasi / sanatkorlar haqida [4]
Antiqa pishiriqlar / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi [69]
Antiqa telefonlar sirlari / android / smartfon / nokia [17]
Antiqa sherlar / tasirli sherlar / armon ayriliq haqida sher [0]
Antiqa dunyo mamlakatlari haqida [1]
Antiqa tortlar / tort tayyorlash retseptlari [5]
Antiqa Salatlar / salat tayyorlash sirlari [10]
Kino va Seriallar haqida / hind / koreys / turk / voqealar rivoji [39]
Qo'shiqlar matni / qo'shiq so'zlari [8]
Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari [15]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [67]
Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat [45]
Erkaklar uchun / erkaklar bo'limi [10]
Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi [19]
Keksalar salomatligi / qariyalar uchun [0]
Kompyuter darsliklari / kompyuterni o'rganamiz [6]
Psixalogiya haqida / psixolog maslahati [14]
8-Martga sherlar / ayollar uchun sherlar tabriklar [0]
21-mart uchun tabriklar / sherlar / bayram tabriklari [6]
1-Aprelga hazil sherlar / hazil sherlar / prikol sherlar [2]
Referatlar / diplom ishi / dars ishlanmalar / mustaqil ish [0]
Ertaklar olami / bolalar uchun ertaklar [0]
IELTS материалы | Ielts materiallari | Книги | Kitoblar [0]
Fotoshop darslari / photoshop darslari / fotoshopni o'rganamiz [1]
Mobil telefonlar olami / yangi chiqqan telefonlar [12]
Kompaniyalar yangiliklari / UMS UCELL BEELINE / Tariflar [6]
Tarixga nazar / tarix haqida / afsona [3]
Yurtimiz yangiliklari / Mahalli xabarlar [39]
Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar [27]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [14]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [8]
Web va Wap masterlar uchun maqolalar va maslahatlar [1]
Поиск
Архив записей
Комментарии
21.09.2018
24.06.2018
09.01.2018
04.01.2018
04.01.2018
04.01.2018
04.01.2018
Copyright MyCorp © 2019
uCoz