МЕНЮ САЙТА
Подбор по параметрам
200
Популярные стихи и рассказы
Читайте информацию
Наш вопрос
Bizning sayt sizga yoqdimi?
Barcha javoblar: 173
Счетчик
Statok.net
Онлайн всего: 2
Гостей: 2
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Август » 2 » Abituriyentmi yo jinoyatchi: 1-avgust tomoshalari

Abituriyentmi yo jinoyatchi: 1-avgust tomoshalari

Mahalliy OAVlarda 1-avgust kuni test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binoga uyali telefon yoki boshqa aloqa vositalari hamda shpargalka olib kirishga uringan abituriyentlar imtihondan chetlashtirilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu haqda Sputnik nashri yozmoqda.

Shuningdek, bu yil abituriyentlar test sinovi o‘tkazilgan binoni soat 12dan ilgari tark etmasliklari ham e’lon qilindi.

Aytilishicha, bu qoida ayrim «bilimdon»larning faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida joriy etilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ayrimlar o‘quv yurtiga hujjat topshirib, imtihon kuni test savollarini telefoni orqali suratga olgan va xonani tark etgan. Telefonni esa uni tashqarida kutib turgan shaxsga bergan. Bu shaxs test savollarini yechib, xonada imtihon topshirayotgan abituriyentga telefon orqali javoblarni yetkazib bergan.

Ayrim «ixtirochi» abituriyentlar esa telefonni o‘z poyabzali poshnasiga yashirishgan. Shu bois bu yil har bir abituriyentdan poyabzal yechishi so‘ralib, tufli poshnasi bolg‘a bilan urilib tekshirilishi ham e’lon qilingan edi.

Ayni damda ijtimoiy tarmoqdagi Troll.uz guruhida e’lon qilingan videoda abituriyentlar imtihon oldidan qay tarzda tekshirilayotganini ko‘rishingiz mumkin.

Imtihonga kiraverishdagi joyda xodimlardan biri ovoz karnayi orqali: «Shpargalka, valyuta har qanday buyumlarni o‘z ixtiyoringiz bilan togpshirishingiz shart. Bojxona xodimlari tomonidan aniqlansa testdan chiqib ketiladi», — degan gaplarni baqirib turibdi.

Shuningdek, «maxsus tekshiruvchilar» o‘g‘il bola abituriyentlarning yechilgan tuflilarini asfaltga «qars-qars» urib tekshirishayotgani aks etgan. (Dunyoning eng mashhur aeroportlarida yo‘lovchilar bu tarzda tekshiruvdan o‘tkazilmasa kerak)

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Troll joylagan video ostidan o‘z fikr mulohazalarini qoldirishmoqda.

Jumladan, Tim Azamatov nikli foydalanuvchi tekshirishdan oldin «aqlli» abituriyentlar paydo bo‘lishi sabablarini o‘rganish kerak emasmi, deb fikr bildirgan.

«Hozirgi tomosha OTMlarga kirish tizimining naqadar nochorligini ko‘rsatadi. Lekin nimagadir hech kim sabablarni o‘rganmayapti, hamma natijaga qarshi kurashish bilan band», — degan u.

Abdullava Shaxida esa imtihonlar odamlarning ustidan kulish tadbiriga aylanib borayotganidan shikoyat qilgan.

«Qizim imtihon topshirganida bechora o‘g‘il bolalarni tursikchan qilib tekshirishgan. Bechora yoshlar imtihon topshirgani keladimi yoki kamsitilish uchunmi? Men umuman «shok»ka tushganman. Qizlarni to‘siq ortida alohida tekshirishgan».

«Bolalarni xuddi ular jinoyatchidek tekshirishmoqda, tavba», — deb izoh qoldirgan Natalya Guryeva.

Yuqorida keltirilgan videoda esa «shpargalka» bilan qo‘lga tushib, imtihondan chetlashtirilgan abituriyent qiz bilan bog‘liq mojaro aks etgan.

Shu o‘rinda aytish joizki, «O‘zbektelekom» AK sal oldin abituriyentlarning OTMlarga kirish imtihonlarini ochiq amalga oshirilishida texnik qo‘llab-quvvatlashi, Toshkent davlat yuridik universitetida imtihon internet tarmog‘ida onlayn-video yo‘li bilan namoyish etilishi haqida xabar bergan edi.

O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlarida kirish imtihonlari onlayn tarzda o‘tkazilsa, shu bilan o‘tgan yillarda kuzatilgani kabi: «X variantni deb imtihonga kech qolgan va kiritilmagan» abituriyentlar yoxud yuqorida tilga olingan kamsitilishlar va tuflini molotok bilan urib tekshirishdek kulgili holatlar barham topgan bo‘lmasmidi?


Manba: Zamin.uz


11:24
Категория: Yurtimiz yangiliklari / Mahalli xabarlar | Просмотров: 787 | Добавил: ADMIRAL | Теги: dtm test savollari, Abituriyentmi, 2017 imtixon, itixon javoblari, tomoshalari, davlat test markazi, jinoyatchi:, 1-avgust, shpargarkalar, Yo | Рейтинг: 5.0/1
Barcha izohlar: 0
avatar
Вход на сайт
Категории раздела
Antiqa dunyo yangiliklari / xorij xabarlari [104]
Antiqa qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar [221]
Antiqa foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar [160]
Antiqa psixologik testlar / qiziqarli o'yinlar [66]
Antiqa sport yangiliklari / futbol xabarlari [25]
Antiqa shou biznes yangiliklari [27]
Antiqa tehnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi [16]
Antiqa avtomobil olami / mashinalar haqida [8]
Antiqa munajjimlar bashorati / burjlar olami [20]
Antiqa yulduzlar biografiyasi / sanatkorlar haqida [4]
Antiqa pishiriqlar / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi [69]
Antiqa telefonlar sirlari / android / smartfon / nokia [17]
Antiqa sherlar / tasirli sherlar / armon ayriliq haqida sher [0]
Antiqa dunyo mamlakatlari haqida [1]
Antiqa tortlar / tort tayyorlash retseptlari [5]
Antiqa Salatlar / salat tayyorlash sirlari [10]
Kino va Seriallar haqida / hind / koreys / turk / voqealar rivoji [39]
Qo'shiqlar matni / qo'shiq so'zlari [8]
Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari [15]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [67]
Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat [45]
Erkaklar uchun / erkaklar bo'limi [10]
Bolalar salomatligi / bola tarbiyasi [19]
Keksalar salomatligi / qariyalar uchun [0]
Kompyuter darsliklari / kompyuterni o'rganamiz [6]
Psixalogiya haqida / psixolog maslahati [14]
8-Martga sherlar / ayollar uchun sherlar tabriklar [0]
21-mart uchun tabriklar / sherlar / bayram tabriklari [6]
1-Aprelga hazil sherlar / hazil sherlar / prikol sherlar [2]
Referatlar / diplom ishi / dars ishlanmalar / mustaqil ish [0]
Ertaklar olami / bolalar uchun ertaklar [0]
IELTS материалы | Ielts materiallari | Книги | Kitoblar [0]
Fotoshop darslari / photoshop darslari / fotoshopni o'rganamiz [1]
Mobil telefonlar olami / yangi chiqqan telefonlar [12]
Kompaniyalar yangiliklari / UMS UCELL BEELINE / Tariflar [6]
Tarixga nazar / tarix haqida / afsona [3]
Yurtimiz yangiliklari / Mahalli xabarlar [39]
Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar [27]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [14]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [8]
Web va Wap masterlar uchun maqolalar va maslahatlar [1]
Поиск
Архив записей
Комментарии
21.09.2018
24.06.2018
09.01.2018
04.01.2018
04.01.2018
04.01.2018
04.01.2018
Copyright MyCorp © 2019
uCoz