15:13
Hindistonlik erkak oshqozonidan 263 ta tanga, yuzlab mix, it boylaydigan zanjir chiqdi
Hindistonlik erkak oshqozonidan 263 ta tanga, yuzlab mix, it boylaydigan zanjir chiqdi

Yaqinda Hindistonning Reva shahrida yashovchi 32 yoshli erkak qorin qismida kuchli og‘riq tuyib kasalxonaga yotqizilgandi. Jarrohlar uning oshqozonidan 263 ta tanga, yuzdan ziyod mix, it boylashga mo‘ljallangan zanjir va yana ko‘p buyumlarni tortib olishdi.

Aytishlaricha, erkak bir yil oldin surunkali depressiyaga yo‘liqqan. Xastalik tufayli duch kelgan buyumni yutishga odatlangan. Mana, oradan bir yil o‘tib qorni shishib, chidab bo‘lmaydigan darajada og‘riq paydo bo‘lishi sababli ota-onasi uni kasalxonaga yotqizdi.
Hozirda erkakning ahvoli o‘rtacha deya baholanmoqda. Ammo bu hayoti xavfdan yiroq degani emas.

 Manba
Категория: Antiqa dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Просмотров: 1889 | Добавил: ADMIRAL | Теги: dunyo xabarlari, xabarlar to'plami, yangiliklar olami, qiziqarli malumotlar, eng so'ngi yangiliklar, antiqa yangiliklar, foydali maslahatlar | Рейтинг: 5.0/6

O'xshash Yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
close